Oʻzbekiston va Qirgʻiziston xavfsizlik sohasidagi hamkorlikning kelgusi yoʻnalishlarini belgilab oldi

Qirgʻiz Respublikasi Xavfsizlik kengashi kotibi Marat Imonqulov boshchiligidagi delegatsiyaning mamlakatimizga tashrifi doirasida Toshkentda tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati va Qirgʻiz Respublikasi Xavfsizlik kengashi kotibiyati oʻrtasidagi maslahatlashuvning ikkinchi davrasi nihoyasiga yetdi.
Maslahatlashuv chogʻida xalqaro terror, ekstremizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, giyohvand moddalar noqonuniy aylanmasi singari mintaqaviy xavfsizlik bilan bogʻliq tahdid, xavf-xatarlarga qarshi kurash boʻyicha hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar konstruktiv hamkorlikni bundan keyin ham qoʻllab-quvvatlashga sodiqligini, xavfsizlik sohasidagi Oʻzbekiston-Qirgʻiziston sherikligini, jumladan, shartnomaviy-huquqiy bazani mustahkamlash, birgalikdagi amaliy saʼy-harakatlar mexanizmini muvofiqlashtirish orqali rivojlantirishga qatʼiy tayyor ekanligini tasdiqladilar.
Uchrashuv yakunida xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirishga qaratilgan aniq yoʻnalishlar, chora-tadbirlar belgilangan Maslahatlashuv Protokoli imzolandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
- Poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi
- Senatorlar O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqidagi masalani ko‘rib chiqdilar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring