Oʻzbekiston va Qirgʻiziston fuqarolari endi ikki davlatga ID-karta orqali oʻtishlari mumkin boʻladi

Foto: Illustrativ foto
Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga davlat tashrifi davomida 2006-yil 3-oktyabrda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati oʻrtasida imzolangan fuqarolarning oʻzaro borib-kelishlari toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida Bayonnoma ham almashinildi.
Unga koʻra, endilikda Oʻzbekistonning barcha fuqarolari Qirgʻizistonga, xuddi shunday Qirgʻiziston fuqarolari Oʻzbekistonga ID-karta orqali kirishlari mumkin boʻladi (ilgari faqat xorijga chiqish pasporti bilan mumkin edi).
Fuqarolarning chegaradan kirish-chiqishi haqidagi maʼlumotlar elektron tarzda qayd etiladi, pasportga shtamp bosishga hojat qolmaydi.
Ushbu yengillik istalgan transport orqali (samolyot, poyezd, avtomobil, avtobus va hk) chegarani kesib oʻtishda amal qiladi.
Mazkur tartib imzolangan hujjatlar ikkala davlat tomonidan tegishli tartibda tasdiqlangan soʻng kuchga kiradi. Bu taxminan 1-2 oy vaqt olishini maʼlum qilishmoqda.
Ushbu tartib ayniqsa Oʻzbekistonning eksklav hududlari boʻlgan Soʻx, Shohimardon, Choʻngʻara kabi hududlaridagi yurtdoshlarimiz uchun katta yengillik boʻladi, ularning chegaradan oʻtishlaridagi ortiqcha byurokratiyaga chek qoʻyadi.
Eslatib oʻtamiz, bugungi kungacha hali birorta davlat bilan ID-karta orqali oʻzaro borib-kelish tartibi yoʻlga qoʻyilmagan edi. Qirgʻiziston birinchisi boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
- Shvetsiya parlamenti Ukrainaga 600 million dollarlik harbiy yordam ajratishni maʼqulladi
- Donald Trampning hibsga olinish xavfi maʼlum boʻldi
- Rossiya Belarusda yadro quroli joylashtirishni maʼlum qildi. AQSHda xotirjamlik, Yevropa Ittifoqi esa javob berish bilan tahdid qilmoqda
- Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimizni mukofotlash toʻgʻrisida
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring