Oʻzbekiston va Qatar oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ikki tomonlama hujjatlar imzolandi

18:44 02 Oktyabr 2023 Siyosat
601 0

Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning muzokaralaridan soʻng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi boʻldi.

Xususan, hamkorlikning turli sohalarini qamrab oluvchi quyidagi hujjatlar imzolandi:

— Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Qatar Davlati Hukumati oʻrtasida turizm va ishbilarmonlik tadbirlari sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

— Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Qatar Davlati Ijtimoiy rivojlanish va oila vazirligi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum;

— Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Qatar Davlati Ichki ishlar vazirligi oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi;

— Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi va Qatar Davlati Investitsiya agentligi oʻrtasida investitsiyaviy hamkorlik toʻgʻrisida oʻzaro anglashuv memorandumi;

— Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiya qarshi kurashish agentligi va Qatar Davlati Maʼmuriy nazorat va shaffoflik boshqarmasi oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi.

Bundan tashqari, tashrif doirasida quyidagi kelishuvlarga erishildi:

— Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari qoʻmitasi va Doha dinlararo muloqot xalqaro markazi oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi;

— Oʻzbekiston Respublikasi Inson huquqlari boʻyicha milliy markazi va Qatar Davlati Inson huquqlari boʻyicha milliy qoʻmitasi oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi;

— Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Qatar Davlati Savdo-sanoat palatasi oʻrtasida qoʻshma ishbilarmonlar kengashini tuzish toʻgʻrisida bitim;

— Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Qatar Davlati Savdo-sanoat palatasi oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?