Oʻzbekiston va Polsha tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar boʻlib oʻtdi

17:44 07 Dekabr 2023 Siyosat
395 0

Toshkent shahrida Oʻzbekiston va Polsha tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi  boʻlib oʻtdi.

Tadbir davomida Oʻzbekiston-Polsha hamkorligining ustuvor yoʻnalishlari va xalqaro kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Siyosiy muloqotni, xususan, tashqi siyosat idoralari oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish, parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash orqali yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Iqtisodiy diplomatiyani faol rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu nuqtayi nazardan, Polshaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, ishbilarmon doiralar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni oʻrnatish, mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirishga ikki tomon ham tayyorligi tasdiqlandi. Kimyo, toʻqimachilik sanoati hamda qishloq xoʻjaligiga oid investitsiya salohiyati va istiqbolli loyihalari takliflari taqdimoti ham boʻlib oʻtdi.

Madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni kengaytirish, xususan, ikki mamlakat ilmiy va taʼlim muassasalari oʻrtasida aloqalarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.

Xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishdan oʻzaro manfaatdorlik bildirildi.

Shuningdek, tomonlar turizm sohasida sheriklikni rivojlantirish, ikki tomonlama munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy bazasini takomillashtirish, mehnat migratsiyasi sohasidagi aloqalarni kengaytirish masalalarini ham muhokama qildilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер