Oʻzbekiston va Polsha tahlil markazlari oʻrtasida hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi
![](https://xs.uz/upload/post/2024/03/03/6627cd55f4b5e2aad7bd770e0a46ad2d0303.jpg)
Oʻzbekiston elchixonasi koʻmagida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va Mixal Boymi nomidagi Polsha Osiyo va global tadqiqotlar instituti vakillari oʻrtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.
Unda Oʻzbekiston diplomatlari, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi departamenti direktori Farrux Hakimov ishtirok etdi. Polsha tomonidan ushbu institut direktorining oʻrinbosari Magdalena Sobanska-Svalina va boshqa mutaxassislar qatnashdi.
Muloqot chogʻida institutlar faoliyati muhokama qilindi, ikki tomonlama hamkorlikni yoʻlga qoʻyish imkoniyatlari va rivojlantirish istiqbollari koʻrib chiqildi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha oʻzaro tashriflarni tashkil etish va qoʻshma tadqiqotlar oʻtkazish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Mixal Boymi nomidagi instituti rivojlanayotgan mamlakatlardagi siyosat, iqtisod va innovatsiyalar boʻyicha ekspertlarni birlashtirgan mustaqil tahlil markaz hisoblanadi. Osiyo mamlakatlaridagi vaziyat haqida hisobotlar, ekspert tahlillari va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan maqolalarini tizimli ravishda chop etib boradi. 2019-yilda tashkil etilgan institut donorlar badallari hamda xususiy va davlat grantlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Institut ochilganidan buyon Markaziy Osiyo mamlakatlari haqida 300 dan ortiq maqolalar eʼlon qilingan. Yevropa va Polshaning yetakchi veb-saytlari, shuningdek, markaz ekspertlarining materiallari muntazam chop etilayotgan “Forbs” jurnali bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sharqda hammasi tinch emas: Xitoy va AQSH Tinch okeanida faollashgani aytilmoqda
- Vatan va vijdon
- Aktrisa Halima Ibragimova 45 yoshida vafot etdi
- Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti etib saylandi
- Rasman Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov lavozimdan ketdi. Uning vazifasini bajaruvchi ham tayinlangan
- Sirdaryoda Toʻra Sulaymon uy-muzeyi ochildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring