Oʻzbekiston va Ozarbayjon nuroniy yetakchilari uchrashdi

Bugun Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligida Ozarbayjon Oqsoqollar kengashi raisi Eldar Guliyev va oʻrinbosari “Ozarbayjon-Oʻzbekiston” Doʻstlik qoʻmitasi rahbari Eldar Ibragimov, Ozarbayjon Milliy majlisi deputati Mashxur Mammadovlar bilan muloqot boʻlib oʻtdi.
Qizgʻin va samimiy muloqot ruhida boʻlib oʻtgan uchrashuv avvalida vazirning birinchi oʻrinbosari, “Nuroniy” jamgʻarmasi boshqaruvi raisi Sodiqjon Turdiyev xalqlarimiz oʻrtasidagi azaliy doʻstlik va birodarlik rishtalarining keyingi yillarda yangi bosqichga koʻtarilgani haqida toʻxtaldi hamda sohaviy oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadidagi tashrif uchun minnatdorlik bildirdi.
Shuningdek, mamlakatimizda keksa avlod vakillari hamda nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi ishtirokini yuksaltirish, yaratilayotgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar va imtiyozlar, koʻrsatilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrliklar, ularning huquqiy kafolatlari haqida batafsil maʼlumot berildi.
Eldar Guliyev samimiy taklif uchun oʻz minnatdorchilik bildirdi, mamlakatimizda keksalar va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash, ularning boy kasbiy va hayotiy tajribasidan unumli foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadi hamda oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish orqali yaxshi amaliy natijalarga erishish mumkinligini alohida eʼtirof etdi.
Muloqot davomida ikki tomonlama oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha 10 dan ortiq takliflar muhokama qilindi hamda yoʻnalishlar boʻyicha kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
- Saudiya Arabistonida birinchi Islom sanʼati biyennalesining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring