Oʻzbekiston va Misr yetakchilari oliy darajadagi kelishuvlar ijrosini muhokama qildilar

Foto: president.uz
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi bilan 27-mart kuni oʻtgan telefon orqali muloqotida oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosining tahlili batafsil koʻrib chiqildi.
Oʻzbekiston va Misr yetakchilari suhbatni muborak Ramazon oyi kirib kelgani bilan bir-birini samimiy qutlashdan boshlab, doʻst xalqlarimizga farovonlik, tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladilar.
Ikki mamlakat yetakchi kompaniyalarining energetika, togʻ-kon, charm va zargarlik tarmoqlari, sogʻliqni saqlash va telekommunikatsiya sohalari kabi yoʻnalishlarda aniq kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.
Qoʻshma loyihalarni samarali amalga oshirish uchun faol muloqotlarni davom ettirish va qulay sharoitlarni shakllantirish muhimligi qayd etildi.
Shu maqsadda ikki tomonlama Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashi yigʻilishlarini muntazam oʻtkazib borish zarurligi taʼkidlandi.
Xalqaro va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- JSST yangi halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
- O‘zbekiston Prezidenti va Singapur Prezidenti muzokara o‘tkazdilar
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Gender tenglikni taʼminlash va munosib mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi
- O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring