Oʻzbekiston va Italiya oʻrtasidagi munosabatlar strategik sheriklik darajasiga chiqdi

Muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Jorja Meloni ikki mamlakat oʻrtasida Strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi qoʻshma deklaratsini qabul qildilar.
Yetakchilar huzurida koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan 10 ta hukumatlararo va idoralararo hujjatlarni almashish marosimi ham boʻldi. Investitsiyalarni oʻzaro ragʻbatlantirish va himoya qilish toʻgʻrisidagi bitim, huquqiy masalalarda, sanoat mulki va qishloq xoʻjaligi sohalarida hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi bitimlar shular jumlasidan.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi bilan Italiya savdo agentligi oʻrtasida restavratsiya sohasida, Oʻzbekiston madaniyat va sanʼatni rivojlantirish fondi va Italiya Respublikasi madaniyat vazirligi oʻrtasida madaniyat sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumlar, tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida 2023-2024-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi hamda 2026-yilga qadar madaniy almashinuvlar dasturi qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Senatning qirq beshinchi yalpi majlisi 29-sentabr kuni chaqiriladi
- Chustda bogʻcha tarbiyalanuvchilari doridan zaharlanganmidi yoki... Vaziyatga aniqlik kiritilmoqda
- Hanjouda Osiyo o‘yinlariga start berildi. Ochilish marosimidan fotoreportaj
- Astraxanda VIII Kaspiy mediaforumi boʻlib oʻtdi
- Shavkat Mirziyoyev Italiya sobiq prezidenti vafoti munosabati bilan taʼziya yoʻlladi
- Samarqand davlat universiteti — Markaziy Osiyodagi noyob oliy taʼlim dargohi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring