Oʻzbekiston va Italiya hamkorligi yangi bosqichga chiqmoqda

Shu yilning 11-fevral kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov Italiya Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Pyergabriyele Papadiya de Bottini bilan uchrashdi.
Muloqot davomida ikki davlat oʻrtasidagi strategik hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va Italiya elchixonasi oʻrtasidagi samarali aloqalarni yuqori baholab, Italiyaning yetakchi tashkilotlari bilan hamkorlikni mustahkamlash borasida kelishuvga erishdilar.
Xususan, ilmiy va tahliliy sohalarda fikr almashish, qoʻshma nashrlar tayyorlash, mutaxassislar malakasini oshirish maqsadida oʻquv dasturlari va treninglar tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Italiya ekspertlarini jalb qilish, ilgʻor tajribalarni oʻrganish va konferensiyalar, davra suhbatlari hamda ilmiy-tadqiqot loyihalari orqali oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish boʻyicha fikrlar bildirildi.
Uchrashuv ochiq va konstruktiv muhitda oʻtib, tomonlar kelgusida hamkorlik istiqbollarini doimiy muhokama qilib borishga kelishib oldilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda 8-iyundan chiqindidan qarzdorlar elektr uchun toʻlov qilolmaydi
- AQSHda jurnalist qiz Trampning yuziga mikrofon bilan urib yubordi (+video)
- Endi taʼlim granti talabalarning oʻzlashtirishiga qarab har yili qayta taqsimlanadi
- Oʻzbekistonda Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligi keng nishonlanadi
- “Qamchiq” dovonida fuqarolarga yordam koʻrsatilmoqda. Qoʻshimcha poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyilgan
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti QS reytingida TOP–500 talikdan joy oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring