Oʻzbekiston va Ispaniya qishloq xoʻjaligini sugʻurtalash sohasida oʻzaro hamkorlik masalalarini muhokama qilmoqda

Foto: Tashqi ishlar vazirligining ''Dunyo'' axborot agentligi
Safardan koʻzlangan maqsad mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi sohasida sugʻurtalash tizimini takomillashtirish boʻyicha normativ huquqiy-hujjatlar loyihasini ishlab chiqish yuzasidan ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va takliflar tayyorlash bilan izohlanadi.
Shu oʻrinda taʼkidlash kerakki, Ispaniyada qishloq xoʻjaligini sugʻurtalash sohasi 40 yillik tajribaga ega. Oʻz navbatida, ushbu davlatning qishloq xoʻjaligini sugʻurtalash tizimi dunyoning qishloq xoʻjaligi rivojlangan ilgʻor davlatlari tomonidan ham andoza sifatida tan olingan.
Safar chogʻida Oʻzbekiston delegatsiyasi Ispaniyaning agrosugʻurta sohasini boshqaradigan barcha davlat va xususiy organlarida uchrashuvlar oʻtkazdi. Jumladan, Ispaniya Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrar sugʻurta boʻyicha davlat agentligi (ENESA), Iqtisodiyot va raqamli oʻtish vazirligining Sugʻurta bosh boshqarmasi va vazirlik huzuridagi Sugʻurta kompensatsiyalari konsorsiumi (CCS), “Agroseguro” agrosugʻurta kompaniyalari boshqaruvi, “MAPFRE” sugʻurta kompaniyasi, Qishloq xoʻjaligi kooperativlari federatsiyasida oʻzaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Boʻlib oʻtgan ikki tomonlama muzokaralar chogʻida Ispaniya tomoniga Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligini sugʻurtalash sohasida toʻplangan tajriba haqidagi batafsil maʼlumotlar taqdim etildi. Shuningdek, oʻzaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Ispaniya tomoni bilan boʻlib oʻtgan muloqotlar natijasida Oʻzbekistonda agrosugʻurta sohasini yanada rivojlantirish yuzasidan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
- Saudiya Arabistonida birinchi Islom sanʼati biyennalesining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring