Oʻzbekiston va Germaniyaning bolalar teatrlari mutaxassislarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi

09:49 25 Noyabr 2020 Jamiyat
386 0

Joriy yilning 23-24-noyabr kunlari Gyote institutining Oʻzbekiston teatr sanʼatini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan harakatlari va “ASSITEJ Oʻzbekiston” milliy markazning hamkorligi asosida uchrashuv-seminar tashkil etildi.

Seminarning asosiy maqsadi bolalar uchun moʻljallangan teatrlarning faoliyatini turli jabhalarda rivojlantirish, jahon teatr jamiyatiga qoʻshilishini jadallashtirish va taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini koʻtarishdan iborat boʻldi. Xorazm, Buxoro, Samarqand, Jizzax, Andijon, Fargʻona, Qoraqalpogʻiston va Toshkent shahri teatrlari ijodkorlari bilan Germaniya teatrlari mutaxassislari orasida onlayn uchrashuv tashkil etildi. Mutaxassislar bir birlarining faoliyati bilan tanishishdi, hamkorlik aloqalarini oʻrnatishdi. Shuningdek, ushbu uchrashuv davomida mutaxassislar bolalar uchun moʻljallangan teatrlarning dolzarb masalalari va uning rivojlanishi borasidagi oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashishdi.

Uchrashuv yakunida dolzarb masalalarning yagona roʻyxati va bolalar uchun moʻljallangan teatrlarning rivojlanishi borasidagi hamkorlik faoliyatining umumiy yoʻnalishlari aniqlanib olindi. Bunday umumiy qarashning shakllantirilishi teatr menejmenti, sanʼat marketingi, spektakllar yaratish, tomoshabinlar bilan ishlash, teatr pedagogikasi va barcha sohada xodimlarning malakalarini oshirish borasida uzoq muddatli hamkorlik uchun asos boʻlib xizmat qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?