Oʻzbekiston va Eron Tashqi ishlar vazirlari uchrashdi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi
2023-yil 24-yanvar kuni Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining yigʻilishi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Eron Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Hosayn Amir Abdollahiyan bilan uchrashdi.
Ikki tomonlama shaklda va mintaqaviy institutlar, jumladan, IHT doirasidagi Oʻzbekiston-Eron munosabatlarining bugungi holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Boʻlajak muloqotlar jadvali, ularning tashkiliy va mazmuniy jihatlari, shuningdek, Oʻzbekiston va Eron tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini oʻtkazish masalalari muhokama qilindi.
Xalqaro va mintaqaviy kun tartibi mavzulariga alohida eʼtibor qaratildi.
Savdo, transport va logistika sohalarida hamkorlikni kengaytirish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlar koʻrish muhimligi qayd etildi.
Eron Tashqi ishlar vaziri Oʻzbekiston tomonini Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga samarali raislik qilgani va IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi yigʻilishini muvaffaqiyatli oʻtkazgani bilan tabrikladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring