Oʻzbekiston va BMT suv toshqinidan jabrlangan Pokistonga insonparvarlik yordami joʻnatdi

15:42 29 Sentyabr 2022 Siyosat
536 0

Qayd etilishicha, bu birinchi qoʻshma insonparvarlik yordami boʻlib, yuklar Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan taqdim etilgan samolyotlarda yetkazib beriladi. Insonparvarlik koʻmagi tarkibi suv toshqinlari oqibatida oʻz boshpanalaridan ayrilganlar uchun 15 tonnadan ortiq hajmdagi vaqtincha yashash uchun moʻljallangan turar joy modullaridan iborat.

Eslatib oʻtamiz, 1-sentyabr kuni Oʻzbekiston Pokistonga oziq-ovqat, toʻqimachilik mahsulotlari va boshqa tovarlardan iborat qariyb 40 tonna insonparvarlik yuki yetkazib bergan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?