Oʻzbekiston va BAA parvozlar chastotasini bir necha barobarga oshirishga kelishdi
ICAOning “ICAN–2023” tadbiri doirasida Oʻzbekiston hamda Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasida havo qatnovlari hajmini oshirish boʻyicha eng samarali kelishuvga erishildi.
Ikki mamlakat aviatsiya maʼmuriyatlari oʻrtasida oʻtkazilgan muzokaralarda parvozlar geografiyasi hamda chastotasini bir necha barobarga oshirish boʻyicha kelishuv imzolandi.
Ushbu kelishuvga koʻra Toshkent va Samarqand aeroportlari bilan bir qatorda viloyatlardagi barcha xalqaro aeroportlardan BAAning Dubay, Abu-Dabi, Sharja, shuningdek, Ras al-Hayma va Fujayra shaharlariga ham parvozlar amalga oshiriladi.
Erishilgan kelishuvga koʻra har ikki davlatlarning tayinlangan aviakompaniyalari:
Toshkent – Abu-Dabi, Samarqand – Abu-Dabi, Urganch – Abu-Dabi, Buxoro – Abu-Dabi, Namangan – Abu-Dabi, Fargʻona – Abu-Dabi, Qarshi – Abu-Dabi, Termiz – Abu-Dabi, Nukus – Abu-Dabi yoʻnalishida haftasiga jami 41 ta chastotada;
Toshkent – Dubay, Samarqand – Dubay, Namangan – Dubay, Buxoro – Dubay, Navoiy – Dubay, Fargʻona – Dubay, Nukus – Dubay yoʻnalishida haftasiga jami 35 ta chastotada;
Toshkent – Sharja, Namangan – Sharja, Samarqand – Sharja, Fargʻona – Sharja, Qarshi – Sharja, Termiz – Sharja yoʻnalishida haftasiga jami 23 ta chastotada;
Toshkent – Ras al-Hayma, Samarqand – Ras al-Hayma yoʻnalishlarida haftasiga jami 6 ta chastotada;
Toshkent – Fujayra yoʻnalishida esa haftasiga 3 ta chastotada parvozlarni amalga oshirishlari mumkin boʻladi.
Mazkur kelishuv har ikki mamlakat oʻrtasida xorijiy sayyohlar hamda tranzit yoʻlovchilarning oʻzaro almashinuvi, ziyorat turizmi rivojlanishi, shuningdek, Oʻzbekistonda yangi tashkil etilayotgan aviakompaniyalar uchun parvozlar geografiyasini kengaytirish hamda xizmatlar eksporti hajmining oshishiga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Maktablarda yangi o’quv yili boshlandi — Fotoreportaj
- Soliq inspeksiyasi xodimi 2 sinf oʻquvchilaridan nimani xohlaydi (video)?
- “Mutlaqo yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan holat!”: Davlat soliq xizmati va Bolalar ombudsmani Qashqadaryodagi holatga munosabat bildirdi
- Qirgʻiziston-Oʻzbekiston chegarasidagi uzoq yildan beri yopiq turgan nazorat-oʻtkazish punkti ochiladi
- Innovatsion ishlanmalar va ilg‘or texnologiyalar namoyishi
- Insoniyat yangi rekordni qayd etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring