U-17 qizlar terma jamoamiz afgʻonistonlik dugonalarini yirik hisobda magʻlub etdi

21:39 07 Iyul 2021 Sport
1578 0

Oʻzbekiston U-17 qizlar terma jamoasi “CAFA U-17 Womenʼs Championship-2021" xalqaro turniri doirasida bugun afgʻonistonlik tengqurlariga qarshi bahs olib bordi.

Unda vakillarimiz 8-0 hisobida gʻalaba qozondi va turnir jadvalida 1-pogʻonaga koʻtarilib olishdi.

Musobaqaning navbatdagi hal qiluvchi uchrashuvida Tojikiston hamda Eron terma jamoalari oʻzaro kuch sinashadi. Oʻzbekiston vaqti bilan soat 20:45da start olgan mazkur oʻyin natijasiga koʻra turnir gʻolibi maʼlum boʻladi.

CAFA U-17 Womenʻs Championship-2021

3-tur

Oʻzbekiston – Afgʻoniston – 8:0

Gollar: Sevinch Rahmatullayeva (32), Ruxshona Saydabbosova (20, 41), Kseniya Buntina (60), Leyla Rustullayeva (46-pen., 56, 67), Mehribon Egamberdiyeva (80+2).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?