Oʻzbekiston Turkiyaga insonparvarlik yordami yubordi

15:54 03 May 2021 Siyosat
278 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirigʻiga muvofiq, joriy yil 2-may kuni Turkiya Respublikasiga koronavirus infeksiyasi tarqalishini bartaraf etish uchun zarur boʻlgan tibbiy buyumlardan iborat insonparvarlik yordami yuborildi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.

Xabarga koʻra, Turkiyaga insonparvarlik yordamini yuborish toʻgʻrisida qabul qilingan Hukumat farmoyishiga asosan “Uzbekistan Airways” tomonidan ajratilgan yuk samolyotida Istanbul shahriga mamlakatimizda ishlab chiqarilgan bir martalik respirator Ecos N 95 tibbiy niqobidan bir million dona yetkazib berilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?