Oʻzbekiston tomonidan Afgʻonistonga 1300 tonna insonparvarlik yordami yetkazib berildi

18:14 14 Sentyabr 2021 Siyosat
396 0

Foto: Sputnik Afg‘oniston

Oʻzbekiston tomonidan Afgʻonistonga 1300 tonna insonparvarlik yordami yetkazib berildi. Insonparvarlik yordamini topshirish marosimi Afgʻonistonning Xayraton shahrida boʻlib oʻtdi va unda Oʻzbekiston tomonidan Prezidentning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev va Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov ishtirok etdi.

«Biz butun afgʻon xalqi nomidan Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga mamlakat uchun ogʻir paytlarda koʻrsatilayotgan katta eʼtibor, qoʻllab-quvvatlash va birdamlik uchun chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz", deydi Afg‘oniston muvaqqat hukumati rasmiy vakili Zabiulla Mujohid.

Insonparvarlik yordami – un, turli oziq-ovqat mahsulotlari, birlamchi zarur tovarlar, dori-darmonlar, kiyim-kechak va poyafzallardan iborat boʻlgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?