O'zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatining nimchorak finaliga chiqdi
O‘zbekiston futzal terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichi 3-turi doirasida kecha, 18 sentyabr, shanba kuni Misrga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuv tezkor gol bilan boshlandi. 2-daqiqada Husniddin Nishonov kuchli zarbasi bilan hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim yakunida esa Mustafa Eid o‘zbekistonlik futzalchilarning xatosi tufayli muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi.
34-daqiqada Anasxon Rahmatov yon chiziqdan oshirilgan to‘pni super zarbasi bilan misrliklar darvozasiga joylab qo‘yib, O‘zbekistonga g‘alaba keltirdi.
Guruhning ikkinchi o‘yinida RFI (Rossiya) Gvatemalani 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Shu tariqa O‘zbekiston B guruhida 3 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab, keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Dastlabki ikki bahsda O‘zbekiston RFI (2:4) va Gvatemalaga (4:5) mag‘lub bo‘lgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring