Oʻzbekiston terma jamoasi sambo boʻyicha jahon chempionatida ikkinchi oʻrinni egalladi
12-14-noyabr kunlari poytaxtimizdagi Yunusobod sport majmuasida sambo boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
Musobaqada ishtirok etayotgan oʻzbekistonlik sambochilar jami 11 ta medalni qoʻlga kiritdi. Terma jamoa aʼzolari: 3 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan taqdirlandi. Terma jamoa tarkibida quyidagi sportchilar sovrindor boʻlishdi:
Oltin:
-58 kg: Bahodir Bakiyev (jangovar sambo);
-88 kg: Ixtiyor Eshmurodov;
-98 kg: Nodirjon Mirxoliqov.
Kumush:
-79 kg: Ulugʻbek Rahmonov;
-64 kg: Oybek Soliyev (jangovar sambo);
-50 kg: Sabina Davlatova;
-79 kg: Furqat Roʻziyev (jangovar sambo);
-88 kg: Sohibjon Xasanboyev (jangovar sambo).
Bronza:
-59 kg: Ibodatxon Agʻozxonova;
+98 kg: Hakimjon Ismoilov (jangovar sambo);
-71 kg: Istam Qudratov.
Ushbu natija tufayli sayyoramizning uy chempionatida sambochilar umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egalladi. Birinchi oʻrinni Rossiya vakillari qoʻlga kiritdi (8 oltin, 6 kumush, 4 bronza), peshqadamdagi uchlikni Belarus yakkakurash ustalari (3 oltin, 5 kumush) yopdi.
Qoʻmita taʼkidlaganidek, Oʻzbekiston tarixda birinchi marta bunday yuqori natijaga erishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring