Oʻzbekiston terma jamoasi CS:GO boʻyicha Osiyo chempioniga aylandi
Saudiya Arabistonida oʻtgan kibersportning Counter-Strike: Global Offensive (CS:GO) turi boʻyicha Osiyo chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi gʻolib boʻldi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Musobaqada Oʻzbekiston sharafini TT.Team (Traffic Tashkent Team) jamoasi himoya qildi. Grand finalda oʻzbekistonlik kibersportchilar Moʻgʻulistonga qarshi bahs yuritdi va gʻalaba qozondi.
Ushbu gʻalaba jamoaga Jahon chempionati yoʻllanmasini taqdim etdi. Uchinchi oʻrinni Indoneziya jamoasi qoʻlga kiritdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring