“O‘zbekiston temir yo‘llari”da yangi IT markazi ish boshladi. Foto va videoreportaj

15:24 30 Oktyabr 2023 Jamiyat
223 0

Foto: Hasan Paydoyev, «Xalq so‘zi»

Bugun “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda yangi IT markazi foydalanishga topshirildi.

Markazning birinchi bosqichida 24 nafar dasturchi uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi. Shuningdek, temir yo‘l sohasining barcha yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan eng sara dasturchi xodimlar hamda chet el kompaniyalarida tajriba orttirgan malakali mutaxassislar jalb etildi.

Aytish joizki, markazda yuk jo‘natuvchi va yuk qabul qiluvchilar uchun ko‘plab qulayliklar mavjud. Xususan, mobil va Web ilova, foydalanish uchun qulay interfeys, shartnomalarni tizim ichida yaratish hamda imzolash (ERI orqali), yo‘nalishga asosan tarif qiymatini avtomatik hisoblash, tashish uchun onlayn ariza qoldirish imkoniyati bor.

Shu bilan birga, yuk terminalini tanlash, yuk ortish, yuk tushirish bo‘yicha xizmatlarga ariza qoldirish, vagonlarni joylashganligi to‘g‘risida 24/7 rejimida ma’lumot olish, vagon kelishi haqida prognozni bilish, sarf-xarajatlarni doimiy nazorat qilish ham mumkin.

Bu hali hammasi emas, ushbu markaz endilikda yuk operatsiyalari bo‘yicha onlayn statistika, mavjud chegirmalar haqida doimiy ma’lumot, mijozlar uchun tunu kun onlayn rejimda chat va video maslahat, “Call center+Call back” onlayn taklif hamda e’tirozlar qoldirish, shuningdek, keshbek tizimidan foydalanish qulayliklari ham yaratilgan.

VIDEO

Rahim SHERQULOV, “Xalq so‘zi” muxbiri.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?