Oʻzbekiston tashqi siyosatining yangi strategiyasini Konstitutsiyada mustahkamlash koʻzlanmoqda

11:29 05 Avgust 2022 Siyosat
877 0

Foto: Arxiv surat

Oʻzgartishlarda Oʻzbekiston barcha davlatlar bilan doʻstona va tinchliksevar tashqi siyosat yuritishi hamda u davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralar daxlsizligi, davlatlarning hududiy yaxlitligi tamoyillaridan kelib chiqishi qayd etilgan.

Nizolarni tinch yoʻl bilan hal etish va boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyili ham qayd etilgan.

Xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsip va normalari birinchi oʻringa qoʻyiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?