Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Yaponiyadagi vatandoshlar bilan uchrashuv oʻtkazdi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
2022-yil 23-dekabr kuni mamlakatimizning Tokio shahridagi elchixonasida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Yaponiyada tahsil olayotgan va ishlayotgan vatandoshlar hamda Oʻzbekiston-Yaponiya munosabatlarini rivojlantirishga hissa qoʻshayotgan yaponiyalik fuqarolar bilan uchrashdi.
Muloqot ishtirokchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan murojaatining mazmun-mohiyati, shuningdek, yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasining amalga oshirilishi, jumladan, vatandoshlarni qoʻllab-quvvatlashning asosiy ustuvor yoʻnalishlari haqida maʼlumot berildi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarga alohida eʼtibor qaratildi.
Vatandoshlar oʻz soʻzlarida Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarda ishtirok etishga, bilim va tajribani yurt ravnaqiga yoʻnaltirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Yaponiyada istiqomat qilayotgan vatandoshlarga koʻrsatilayotgan eʼtibor uchun minnatdorlik bildirildi.
Yakunda Oʻzbekiston-Yaponiya munosabatlarini rivojlantirishga faol hissa qoʻshayotgan vatandoshlar va Yaponiya fuqarolariga Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligining tashakkurnomalarini topshirish marosimi tashkil etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti qoʻshma korхonalarni ishga tushirdi va Xitoy ishbilarmon doiralarining yetakchi vakillari bilan uchrashdi
- “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2023” xalqaro ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi
- “Markaziy Osiyo - Xitoy” birinchi sammiti. Ikkinchi kundan fotoreportaj
- Oʻzbekiston Prezidentining Xitoyga tashrifi samarali boʻldi
- Oʻzbekistonning aksariyat hududlarida 20-may kuni qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi
- Namanganda gullar festivali (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring