Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri YXHT DIIHBning mamlakatimiz prezidentligi uchun saylovlarni kuzatish boʻyicha missiyasi rahbari bilan uchrashdi

10:50 23 Iyun 2023 Siyosat
300 0

Oʻzbekiston  tashqi ishlar  vaziri Baxtiyor Saidov kecha Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti YXHT DIIHBning Saylovlarni kuzatish boʻyicha missiyasi rahbari, elchi Ursula Gachek bilan  uchrashdi.

«Bugun Toshkentda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosining (YXHT DIIHB) Saylovlarni kuzatish boʻyicha missiyasi rahbari Ursula Gachek Xonim Oliyalari bilan uchrashishdan mamnun boʻldik, – deb yozdi  Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining telegram-kanalida. – Hamkorligimiz yuzasidan samarali fikr almashdik va DIIHB kuzatuvchilar missiyasining boʻlajak Prezident saylovida ishtirok etishini muhokama qildik».

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер