Oʻzbekiston taekvondosi tarixida yangi sahifa: terma jamoamiz Tokioga toʻliq tarkibda boradi!
Xabar berganimizdek, Iordaniya poytaxti Amman shahrida Osiyo qitʼasi taekvondochilari uchun Tokio-2020 uchun litsenzion turnir oʻtkazildi.
Musobaqaning kechagi dasturida qizlar oʻrtasida +67kg vazn toifasida oʻzbekistonlik Svetlana Osipova ham ishtirok etdi. Hamyurtimiz Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasi uchun kechgan jangda filippinlik Kyorsti Aloraga qarshi dayanga chiqdi va raqibini yirik – 27:5 hisobida magʻlubiyatga uchratib, Tokio-2020 Olimpiadasiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Shu tariqa, Tokiodagi Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekistondan biryoʻla 4 nafar taekvondochi ishtirok etadigan boʻldi. Bu mustaqil Oʻzbekiston taekvondosi tarixida yangi rekorddir. Bungacha hech qachon biryoʻla 4 nafar oʻzbekistonlik taekvondochi Olimpiadada ishtirok etishmagan. Bundan oldin oʻtkazilgan Olimpiya oʻyinlarida koʻpi bilan 3 nafardan taekvondochi qatnashgan va hozircha medal ham qoʻlga kiritilmagan.
Quyida oʻzbekistonlik taekvondochilar qanday tarkibda Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etishganligini yodga olamiz:
Afina-2004
Irina Kaydashova,
Nataliya Mikryukova,
Pekin-2008
Yevgeniya Karimova,
Dmitriy Kim,
Akmal Ergashev,
London-2012
Dmitriy Kim,
Akmal Ergashev,
Nataliya Mamatova,
Rio-de-Janeyro-2016
Nikita Rafalovich,
Nigora Tursunqulova,
Dmitriy Shokin,
Tokio-2020
Nikita Rafalovich,
Nigora Tursunqulova,
Svetlana Osipova,
Ulugʻbek Rashitov.
Tokiodagi Olimpiada oʻyinlarida nihoyat taekvondochilarimiz ham medal qoʻlga kiritib, Yangi Oʻzbekistonga yangi gʻalabalarni tortiq etishiga umid qilib qolamiz!
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring