Oʻzbekiston taekvondo (ITF) milliy assotsiatsiyasiga rahbar saylandi

Yurtimizda sportga boʻlgan eʼtibor yuqori darajaga chiqib ulgurgan. Maʼlumki, yaqinda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi hamda Davlatimiz rahbarining taklifiga binoan 2021-yil mamlakatimizda “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb eʼlon qilindi. Shuningdek, yurtimizda yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, sogʻlom turmush tarzi, sport bilan muntazam shugʻullanib borish, sogʻlom muhit ostida ishlash tobora hayotimizning bir boʻlagiga aylanib bormoqda.
Shu munosabat bilan, yaqinda Toshkent shahridagi “Daniel Hill Hotel” mehmonxonasida Oʻzbekiston Respublikasi taekvondo (ITF) milliy assotsiatsiyasining navbatdagi hisobot-saylov konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Unda dolzarb vazifalar muhokama qilindi. Jumladan quyidagi masalalar koʻrib chiqildi:
1. Assotsiatsiyaning amalga oshirilgan ishlari yuzasidan rahbariyat va viloyat boʻlimi boshliqlarining oʻtgan 5 yillik hisobotlari tinglandi.
2. Oʻzbekiston taekvondo (ITF) milliy assotsiatsiyasining prezidenti lavozimiga Xasanov Laziz Saydivaliyevich nomzodi bir ovozdan qayta saylandi.
3. Viloyat boʻlimi rahbarlari va vitse-prezidentlar ham 5 yil muddatga saylanishdi.
4. Assotsiatsiyaning 2021-yilda rejalashtirilgan ishlari bilan tanishtirildi va bu borada viloyat boʻlimi rahbarlari, vitse-prezidentlarga koʻrsatmalar berildi.
Taekvondo (ITF) milliy assotsiatsiyasi oldiga ulkan vazifalar qoʻyildi. Mamlakatimizda sport sohasida, xususan taekvondo yoʻnalishida erishilayotgan yutuqlarni Jahon arenalarida ham davom ettirish boʻyicha aniq va puxta rejalar kiritildi.
Ishonamizki, taekvondo boʻyicha xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini himoya qiladigan sportchilarimiz Oʻzbekiston bayrogʻini yuqori koʻtarishda davom etishadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring