Oʻzbekiston shaxmat terma jamoasi jahon chempionatida Ukrainani magʻlub etib, yarimfinalga yoʻl oldi

14:18 24 Noyabr 2022 Sport
297 0

Isroilning Quddus shahrida shaxmat boʻyicha milliy jamoalar oʻrtasida FIDE jahon chempionati davom etmoqda.

Oʻzbekiston terma jamoasi chorakfinalda Ukrainaga qarshi bahs olib borib, 2 ta raund (3:1 va 2,5:1,5) yakuniga koʻra gʻalabani oʻz tomoniga ogʻdirdi.

Yarimfinalda terma jamoa bugun, 24-noyabr kuni Hindiston — Fransiya juftligi gʻolibi bilan kurashadi. Yana bir yarimfinalda esa Xitoy va Ispaniya shaxmatchilari oʻzaro kurashga kiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?