O‘zbekiston shaxmat federatsiyasiga shaxmat bo‘yicha brayl alifbosidagi o‘quv qo‘llanmalari sovgʼa qilindi
Rossiya shaxmat federatsiyasi rahbariyati shaxmat bo‘yicha brayl alifbosidagi o‘quv qo‘llanmalarini O‘zbekiston shaxmat federatsiyasiga taqdim etdi.
Bu haqda Turizm va sport vazirligi maʼlum qilindi. Mazkur vazirlikda gibrid shaxmat bo‘yicha Osiyo chempioni Shamsiddin Vohidov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi Аziz Аbduhakimov tomonidan taqdirlandi.
Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda so‘z olgan А. Аbduhakimov bugungi kunda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportga berilayotgan eʼtiborga alohida to‘xtalib, endilikda sport turlari bo‘yicha federatsiya va assotsiatsiyalar para sportni rivojlantirishga ham jiddiy eʼtibor qaratishi davr talabi ekanligini taʼkidladi. Bunda Prezidentimizning “Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘gʼrisida”gi qarori muhim dasturulamal bo‘lib xizmat qilishi aytib o‘tildi.
Tadbir doirasida Vladimir Barskiyning “Shaxmat maktabi” kitoblari jamlanmasi O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi jamoasiga taqdim etildi.
Endigi vazifa esa — O‘zbekistonda para shaxmatni ommalashtirish, nogironligi bo‘lgan yurtdoshlarimizni faol hayot tarziga jalb etishdir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring