Oʻzbekiston-Rossiya parlamentlararo hamkorligi masalalari muhokama etildi 

15:04 03 Sentyabr 2020 Siyosat
640 0

2020-yil 2-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiyasi Kengashi Raisi Valentina Matviyenko bilan telefon orqali suhbat oʻtkazdi.

Unda parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish haqida fikr almashildi, Toshkentda oʻtkaziladigan MDH Sammitida rejalashtirilayotgan muzokaralarga tayyorgarlik koʻrish masalalari muhokama etildi.

Tanzila Narbayeva va Valentina Matviyenko MDH Parlamentlararo Assambleyasining shu yilning noyabr oyida Sankt-Peterburg shahrida oʻtkaziladigan tadbirlari haqida ham suhbatlashdilar.

MDH Parlamentlararo Assambleyasining tadbirlaridan birini Oʻzbekistonda oʻtkazish haqidagi Oʻzbekiston tomonining takliflari kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер