Oʻzbekiston — Rossiya: mehnat migratsiyasi masalalari muhokama qilindi

15:17 18 Yanvar 2023 Jamiyat
521 0

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida Rossiya Federatsiyasining “D5 Injiniring” korxonasi rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda mazkur korxonaga Oʻzbekiston fuqarolarini vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkiliy tarzda ishga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ishga jalb qilinishi rejalashtirilgan fuqarolarning oylik maoshi, ovqatlanishi, yashash va ish sharoitlari haqida soʻz yuritildi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda “D5 Injiniring” korxonasi oʻrtasida Oʻzbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish yuzasidan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?