Oʻzbekiston Rossiya — Xitoy — Moʻgʻuliston sammitiga mezbonlik qiladi

18:32 07 Sentyabr 2022 Dunyo
518 0

Foto: Синьхуа

Rossiya prezidenti Vladimir Putin yaqin orada Oʻzbekistonda Moʻgʻuliston prezidenti bilan uchrashishi, shuningdek, Rossiya, Xitoy va Moʻgʻuliston rahbarlarining uch tomonlama sammitini oʻtkazish rejalashtirilganini maʼlum qildi.

“Tez orada Oʻzbekistonda Moʻgʻuliston prezidenti bilan uchrashuv oʻtkazishni rejalashtirilmoqda, u yerda Xitoy Xalq Respublikasi raisi ishtirokida ham uch tomonlama sammit oʻtkazish rejalashtirilgan”, — dedi Rossiya prezidenti chorshanba kuni MoʻgʻulistonBosh vaziri Luvsannamsrayn Oyuun-Erdene bilan uchrashuvda. 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 15-16-sentyabr kunlari Samarqandda tashkil etiladigan SHHT sammitida ishtirok etadi. Demak, Rossiya — Xitoy — Moʻgʻuliston sammiti ayni shu kunlari oʻtkaziladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?