«Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasini umumxalq muhokamasiga qoʻyish haqida

Foto: Illustrativ foto
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining QARORI
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi QAROR QILADI:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi 2022-yil 25-iyundan 2022-yil 5-iyulgacha umumxalq muhokamasiga qoʻyilsin.
2. Oʻtkazilgan umumxalq muhokamasi natijasiga koʻra tayyorlangan “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi referendumiga qoʻyilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi umumxalq muhokamasi uchun “Xalq soʻzi”, «Narodnoye slovo» gazetalarida hamda “Meningkonstitutsiyam.uz” elektron platformasida eʼlon qilinsin.
4. Davlat organlariga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga, korxonalarga, muassasalarga, tashkilotlarga, siyosiy partiyalarga hamda boshqa jamoat birlashmalariga va ommaviy axborot vositalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlariga saylov okruglarida “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining umumxalq muhokamasiga doir tadbirlarni tashkil etish tavsiya etilsin.
5. Davlat organlari “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining umumxalq muhokamasiga doir tadbirlarni tashkil etishga va oʻtkazishga koʻmaklashish, shuningdek umumxalq muhokamasining borishi va yakunlari toʻgʻrisidagi axborotni ommaviy axborot vositalarida tarqatish orqali umumxalq muhokamasini oʻtkazish uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi hamda Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi:
Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi davomida kelib tushadigan taklif va mulohazalarni koʻrib chiqishga oid ishlarning tashkil etilishini taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha Konstitutsiyaviy komissiya bilan hamkorlikda umumxalq muhokamasi davomida kelib tushgan taklif va mulohazalarni hisobga olish, umumlashtirish, oʻrganish hamda tahlil qilish va ular asosida Konstitutsiyaviy qonun loyihasini maromiga yetkazish boʻyicha ishlar olib borsin;
Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi yakunlari toʻgʻrisida umumlashtirilgan axborot tayyorlasin hamda uni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari eʼtiboriga yetkazsin.
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasining Spikeri
N. Ismoilov
Toshkent shahri,
2022-yil 24-iyun,
№ 2260–IV.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
- Poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi
- Senatorlar O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqidagi masalani ko‘rib chiqdilar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring