Oʻzbekiston Respublikasida ilk bor oʻtkazilayotgan “Toshkent yoshlar karnavali 2022”

07:45 29 Iyun 2022 Jamiyat
500 0

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Toshkent shahrida shahar hokimligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi hamda 200 nafar isteʼdodli ijodkorlar tomonidan “Toshkent yoshlar karnavali 2022” tashkil qilindi.

Karnavalda respublika hududidagi yoshlarni bir safda jamlash bilan birgalikda, mamlakatimiz hududidagi boshqa davlat elchixonalari bilan boʻlgan aloqani yaxshilashga alohida eʼtibor qaratilgan.

Karnavalda 20 dan ortiq oliy taʼlim muassasasi talabalari, xalqaro toifadagi dizaynerlar, mudofaa vazirligi orkestri, xalqaro toifadagi fotomodellar, ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy blogini yurgizuvchi taniqli blogerlar, xalqaro milliy-madaniy markaz vakillari, sportchilar, maxsus shou guruhlari kabi 30 dan ortiq soha vakillari jam boʻlishgan.

— Oldinlari koʻplab festival va galakonsertlarga borishni kanda qilmasdim. — dedi Xorazmdan tashrif buyurgan mehmon Xorun Oʻrinov. — Lekin bugungi kun hayotimning eng unutilmas onlari sifatida xotiramda bir umr saqlanib qolsa kerak. Bugun oʻzimni Amerika karnavallarida qatnashayotgandek his qildim ochigʻi.

Taʼkidlash joizki, bugungi karnaval haqiqatda oʻzgacha ruhda oʻtdi, har bir insonning qalbiga quvonch, yuziga tabassum ulasha oldi.

Rahmatjon BOBOJONOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?