“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori faqat oddiy xalq uchunmi?” — holat boʻyicha maʼlumot berildi

19:51 10 Sentyabr 2021 Jamiyat
561 0

Ijtimoiy tarmoqda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori faqat oddiy xalq uchunmi?” sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan YHXBB maʼlumot berdi.

2021-yil 9-sentyabr kuni soat 23:00 larda Toshkent shahar, Olmazor tumani, Talabalar koʻchasida YPX xodimi N.Gʻanixoʻjayev tomonidan “Vaz-21063” rusumli avtomobil toʻxtatilgan. Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videoda haydovchiga nisbatan rasmiylashtirilgan bayonnoma boʻyicha avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qoʻyilganligi holati notoʻgʻri ekanligi aytilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi oʻtkazilmoqda. Tekshiruv davomida rasmiylashtirilgan maʼmuriy bayonnomaga va avtomobil jarima maydoniga qoʻyilishi holatiga huquqiy baho beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?