Oʻzbekiston Respublikasi statistika portali ishga tushirildi

22:19 06 Yanvar 2023 Jamiyat
455 0

Foto: Illustrativ foto

Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan “Statistika” integrallashgan axborot tizimi (SIAT) yaratildi hamda uning negizida siat.stat.uz Oʻzbekiston Respublikasi statistika portali ishga tushirildi.

SIAT — rasmiy statistikani eʼlon qilish va ularni foydalanuvchilar tomonidan qidirib topish vaqti 5-10 barobarga, alohida soʻrovlar asosidagi integratsiya qilish vaqti esa 10 kundan 1 kungacha qisqartirildi.

Hozirgi kunda SIAT axborot tizimida 19 ta yoʻnalishda jami 1 700 dan ortiq rasmiy statistik koʻrsatkichlar, 10 yillik dinamik qatorlarda, shuningdek, 30 yillik makrokoʻrsatkichlar 5 yillik kesimda foydalanuvchilarga qulay va bepul shaklda yuklab olish uchun 3 xil (Excel, PDF va JPG) formatda hamda mustaqil ravishda integratsiya qilish uchun 3 xil (CSV, JSON va XML) formatda joylashtirildi va doimiy ravishda yangilab boriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?