Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yashirin iqtisodiyotni keskin qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni loyihasi yuzasidan

Joriy yil 8-oktyabr kuni Moliya vazirligi tomonidan www.regulation.gov.uz portaliga joylashtirilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yashirin iqtisodiyotni keskin qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni loyihasi jamoatchilik tomonidan keng muhokama qilinib, turli fikr-mulohazalar bildirilmoqda.
Yashirin iqtisodiyot turli shakllarda namoyon boʻlishi va mamlakatimizda uning darajasi yuqoriligicha qolayotganligi hech kimga sir emas. Buni mamlakatimizning Iqtisodiy erkinlik indeksidagi oʻrnidan ham koʻrsa boʻladi. Xususan, ushbu reytingda respublikamiz 186 ta mamlakat orasida 114-oʻrinni egallaydi.
Albatta, soʻnggi yillarda biznesga qoʻshimcha qulayliklar yaratish orqali yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish choralari koʻrilmoqda. Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Prezident Farmoni loyihasi ham ushbu islohotlarning davomi sifatida ezgu maqsadlarni nazarda tutishi shubhasiz.
Biroq yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishda iqtisodiy faollikka zarar yetkazib qoʻymaslik lozim. Aks holda oldimizga qoʻyilgan maqsadlar hamda amalga oshirilayotgan islohotlarga salbiy taʼsir koʻrsatish mumkin.
Farmon loyihasi yuzasidan soha mutaxassislari, ekspertlari, ilmiy doira vakillari, jurnalist va blogerlar tomonidan ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan fikr-mulohazalarni inobatga olgan holda Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bankka oʻz takliflarini kiritdi.
Oʻylaymizki, masʼul vazirlik va idoralar jamoatchilik fikrini eʼtiborga olib, ushbu Farmon loyihasini qayta koʻrib chiqadi.
Erkin GADOYEV,
Oliy Majlis Senati
Byudjet va iqtisodiy islohotlar
masalalari qoʻmitasi raisi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring