Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekistonda ilm-fan, adabiyot, madaniyat va sanʼat sohalarini rivojlantirishga ulkan hissa qoʻshgan bir guruh marhum olim va ijodkorlarni mukofotlash toʻgʻrisidagi Farmoni qabul qilindi

20:01 23 Avgust 2025 Jamiyat
385 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Inson qadrini ulugʻlash, ajdodlar xotirasini eʼzozlash, ularning ibratli ishlarini keng targʻib etish borasidagi ezgu saʼy-harakatlarimizni yanada kuchaytirish maqsadida oʻzining koʻp yillik samarali ilmiy-ijodiy, ijtimoiy faoliyati, yorqin va betakror isteʼdodi bilan xalqimizning intellektual salohiyatini yuksaltirish, milliy maʼnaviyatimizni boyitish, mamlakatimizda ilm-fan, adabiyot, madaniyat va sanʼat sohalarini rivojlantirish, jamiyatimizda ezgulik va adolat, vatanparvarlik va bagʻrikenglik tamoyillarini mustahkamlash yoʻlida fidokorona xizmat qilib, avlodlarga qoldirgan boy merosi, sermazmun hayoti va insoniy fazilatlari bilan el-yurt xotirasidan chuqur joy egallagan quyidagi marhum olim va ijodkorlar mukofotlansin:

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

Aripov Uktam — Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi, akademik, jarroh olim

Gʻafurov Vali — Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, adib

Jalolov Toʻxtasin — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, adabiyotshunos olim, tarjimon

Kabulov Vasil Kabulovich — Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi, akademik, kibernetik olim

Qosimov Begali — Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi, jadidshunos olim

Muxamedov Quddus (Quddus Muhammadiy) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq shoiri

Parfiyev Tursunali (Rauf Parfi) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq shoiri

Radjapov Murad Yadgarovich — Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor

Rustamov Alibek Rustamovich (Alibek Rustamiy) - Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, adabiyotshunos olim

Sulaymonov Toʻra (Toʻra Sulaymon) - Oʻzbekiston Respublikasi xalq shoiri

Tuxtasinov Mamirjon Salimjonovich — Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti, xonanda

Xalikov Muxritdin Djalalitdinovich — Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist, xonanda

Xamraboyev Ibragim Xamraboyevich — Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi, akademik, geolog olim

Yusupov Muhammadjon (Muhammad Yusuf) - Oʻzbekiston Respublikasi xalq shoiri

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Akilova Viloyat Isaxarovna — Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti, baletmeyster

Axmedova Rimma Ashurovna — Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist, teatr aktyori va dublyaj ustasi

Vaxobov Ismoil — Oʻzbekiston Respublikasi xalq hofizi

Madaliyev Oxunjon Nusratovich — Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist, xonanda

Nazarov Anarkul Mamadovich (Anor Nazarov) — Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi, kompozitor

Obitjonov Anvarjon (Anvar Obidjon) - Oʻzbekiston Respublikasi xalq shoiri

“Doʻstlik” ordeni bilan

Yuldashev Baxadir — “Diydor” teatr-studiyasi badiiy rahbari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.Mirziyoyev

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?