Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshirigʻiga asosan qardosh Turkiya davlatiga insonparvarlik yordami yuborilmoqda

16:41 06 Fevral 2023 Siyosat
758 0

Foto: Arxiv surat

Eslatib oʻtamiz, Turkiyaning janubi-sharqiy qismidagi viloyatlarda 6-fevral kuni Turkiya vaqti bilan soat 04:17 da 7,8 magnitudali zilzila sodir boʻldi. Yuz bergan kuchli zilzila oqibatida koʻplab odamlar qurbon boʻlgan, jiddiy jarohatlar olgan va katta talafotlar koʻrgan.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanga hamdardlik yoʻlladi. Qardosh Turkiya yetakchisi va xalqiga chuqur taʼziya izhor etib, davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tiladi.

Shuningdek, Davlatimiz rahbari topshirigʻiga asosan qardosh Turkiya davlatiga insonparvarlik yordami va zilzila oqibatlarini bartaraf etish maqsadida, 60 nafar FVV qutqaruvchilari hamda 3 ta maxsus avariya-qutqaruv texnikasi yuborilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?