Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Rossiya Federatsiyasi bilan keng koʻlamli hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligini taʼkidladi

21:49 19 Yanvar 2022 Siyosat
1206 0

Foto: president.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-yanvar kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining oʻrinbosari Dmitriy Kozakni qabul qildi.

Uchrashuv avvalida Dmitriy Kozak Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Yaqinda oʻtgan oliy darajadagi uchrashuv va muloqotlarda erishilgan kelishuvlar Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash va koʻp qirrali munosabatlarni kengaytirishga kuchli surʼat bagʻishlagani alohida taʼkidlandi. Tovar ayirboshlash hajmi ortmoqda, sanoat kooperatsiyasi boʻyicha yirik loyihalar va ustuvor gumanitar dasturlar amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbari Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasidagi keng koʻlamli hamkorlikni yanada rivojlantirish va uning salohiyatini roʻyobga chiqarish muhim ekanini qayd etdi.

Markaziy Osiyoda roʻy bergan voqelardan kelib chiqib mintaqadagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер