Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Yevropa Ittifoqi delegatsiyasini qabul qildi

19:27 25 Noyabr 2021 Siyosat
629 0

Foto: president.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-noyabr kuni Yevropa Ittifoqining Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Margaritis Sxinas boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi.

Uchrashuv avvalida YEIning yuqori darajadagi vakili davlatimiz rahbariga Yevropa kengashi raisi Sharl Mishel va Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayenning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Oʻzbekiston va YEI oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

Ikki tomonlama muloqotlar, shu jumladan iqtisodiyot, qonun ustuvorligi, demokratik yangilanishlar, inson huquqlari, xavfsizlik va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda hamkorlik faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Shu oyda “Oʻzbekiston - YEI” hamkorlik kengashining navbatdagi yigʻilishi muvaffaqiyatli oʻtkazildi.

Oʻzaro savdo hajmi jadal ortmoqda, Yevropa yetakchi kompaniyalarining ilgʻor tajribasi va texnologiyalarini jalb qilgan holda yirik investitsiya loyihalari ustida ish olib borilmoqda.

Taʼlim, xavfsizlik sohalarida, terrorizm va narkotrafikka qarshi kurashish borasida muhim qoʻshma dasturlar amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekiston va YEI oʻrtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim boʻyicha muzokaralarni yakunlash va uni tez fursatda qabul qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Mintaqa kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?