Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat tashrifi bilan Qozogʻiston Respublikasida boʻladi

16:43 03 Dekabr 2021 Siyosat
606 0

Foto: president.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 5-6-dekabr kunlari davlat tashrifi bilan Qozogʻistonda boʻladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Nur-Sulton shahrida oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar boʻlib oʻtadi, ularda birodar xalqlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash yoʻllari koʻrib chiqiladi.

Siyosiy muloqot va savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, eng avvalo, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amaliy aloqalar va aniq kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, shuningdek, madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini faollashtirishning dolzarb masalalari ham kun tartibiga kiritilgan.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston va Qozogʻiston yetakchilari xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashadilar va mintaqaviy integratsiyaning asosiy yoʻnalishlarini muhokama qiladilar.

Sammit yakunida salmoqli ikki tomonlama hujjatlar toʻplamini imzolash rejalashtirilgan.

Tashrif arafasida Nur-Sultonda ikki mamlakat yetakchi kompaniya va tadbirkorlari ishtirokida biznes-forum ham oʻtkaziladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?