Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri bilan sheriklikning strategik yoʻnalishlarini muhokama qildi

19:05 02 Dekabr 2021 Siyosat
473 0

Foto: president.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-dekabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Bosh vaziri oʻrinbosari – Prezident ishlari boʻyicha vaziri Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Oʻzbekiston yetakchisi Amirliklar tomonini milliy bayram – mamlakat tashkil topganining 50 yilligi bilan samimiy qutlab, doʻst BAA xalqiga farovonlik va ravnaq tilaklarini izhor etdi.

Keng koʻlamli Oʻzbekiston-BAA hamkorligining strategik yoʻnalishlarini rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.

Qoʻshma innovatsion loyihalar va moliyaviy-texnik koʻmak dasturlarini amalga oshirish masalasiga alohida eʼtibor qaratilib, bunda Dubaydagi EXPO butunjahon koʻrgazmasida ham oʻzining yorqin ifodasini topgan mamlakatlarimiz salohiyatini hisobga olish lozimligi qayd etildi.

Istiqbolli loyihalarning yangi portfelini shakllantirish uchun yaqin fursatda hukumatlar delegatsiyalarining ikki tomonlama uchrashuvlarini oʻtkazishga kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?