Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan samimiy qutlovlar kelishda davom etmoqda

09:40 01 Sentyabr 2021 Siyosat
908 0

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli jamoat va din arboblaridan samimiy qutlovlar kelmoqda.

Ularda xorijiy hamkorlarimiz mamlakatimizning istiqlol yillaridagi yuksak muvaffaqiyatlarini alohida qayd etgan. Keyingi yillarda demokratik yangilanishlar, koʻp millatli xalqimiz turmush sifati va farovonligini oshirishga qaratilgan keng koʻlamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturini amalga oshirishdagi natijalar, shuningdek, yangi Oʻzbekistonning mintaqadagi yetakchi roli eʼtirof etilishiga va mamlakatimiz xalqaro nufuzining mustahkamlanishiga xizmat qilayotgan konstruktiv va pragmatik tashqi siyosatni olib borishdagi yutuqlar taʼkidlangan.

Maktublarda davlatimiz rahbariga yangi muvaffaqiyatlar, Oʻzbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etilgan.

* * *

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Janobi Oliylari!

Mamlakatingiz mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi xalqiga eng ezgu tilaklarimni bildirishga ijozat bergaysiz.

Ushbu murakkab damlarda biz har bir davlat umumiy global farovonlikka erishish yoʻlida oʻz hissasini qoʻshishi naqadar muhim ekanini yana bir bor anglaymiz, va shu munosabat bilan Sizning Yangi Oʻzbekistonni barpo etish borasidagi qatʼiy intilishingizni olqishlaymiz.

COVID-19 pandemiyasi oqibatlarini yengib oʻtishda birgalikda harakat qilar ekanmiz, yanada barqaror va adolatli jamiyat barpo etish uchun tiklanish jarayonlaridan foydalanishimiz zarur. Shuningdek, iqlim oʻzgarishlari sohasidagi kechiktirib boʻlmaydigan vazifalarni hal qilish borasida dadil harakat qilishimiz, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish boʻyicha saʼy-harakatlarni faollashtirishimiz kerak.

Mustaqillik kuni munosabati bilan umid qilamanki, Oʻzbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining yanada mustahkam boʻlishiga hamda barcha uchun yanada farovon va yanada adolatli dunyoni barpo etishga bundan buyon ham koʻmaklashadi.

Janobi Oliylari, Sizga boʻlgan yuksak hurmat-ehtiromimni qabul qiling.

Antoniu Guterrish,

BMT Bosh kotibi

* * *

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Hurmatli Shavkat Miromonovich!

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi eʼlon qilinganining 30 yilligi munosabati bilan samimiy qutlovlarimni qabul qilgaysiz.

Mamlakatingiz iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot yoʻlidan dadil bormoqda, jahon sahnasida munosib hurmat-eʼtiborga sazovor boʻlib, mintaqaviy va xalqaro ishlarda konstruktiv rol oʻynamoqda.

Davlatlarimiz oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga, barcha yoʻnalishlarda sermahsul hamkorlikni kengaytirishga katta ahamiyat qaratyapmiz. Bu Rossiya va Oʻzbekistonning doʻst xalqlari manfaatlariga toʻliq javob beradi hamda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash maqsadiga mosdir.

Sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich, chin qalbimdan mustahkam sogʻlik va muvaffaqiyatlar, barcha yurtdoshlaringizga esa tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilayman.

Hurmat bilan,

Vladimir Putin,

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti

 

* * *

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Hurmatli Prezident janoblari!

Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati va xalqi nomidan hamda shaxsan oʻz nomimdan Sizga va doʻst Oʻzbekiston xalqiga Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan samimiy tabriklarim va eng ezgu tilaklarimni bildirishga ijozat bergaysiz.

Mustaqillik qoʻlga kiritilganidan buyon oʻtgan 30 yilda Oʻzbekistonda ulkan oʻzgarishlar roʻy berdi, xalq turmush darajasi yuksaldi, respublikaning xalqaro nufuzi kundan-kunga ortib bordi.

Siz, Prezident janoblari, davlat rahbari lavozimiga kirishganingizdan soʻng ulkan muvaffaqiyatlarga erishdingiz, islohotlar boʻyicha keng koʻlamli kampaniyani qatʼiy ilgari surib, yangi taraqqiyot rejasini ishlab chiqdingiz.

Yangi Oʻzbekistonni barpo etish ishlari jadallashmoqda, Markaziy Osiyoning barqarorligi va taraqqiyotiga ijobiy ruh bagʻishlamoqda. Xitoy Oʻzbekistonni uning milliy shart-sharoitlariga mos keluvchi taraqqiyot yoʻlidan borishda bundan buyon ham qoʻllab-quvvatlaydi hamda uning milliy taraqqiyot va milliy tiklanish sari saʼy-harakatlarida yeng yelkadosh boʻlishga tayyor.

Joriy yil aprel oyida biz sermahsul va doʻstona ruhda muloqot qildik, Xitoy-Oʻzbekiston strategik hamkorligini har tomonlama kengaytirish boʻyicha yangi va muhim kelishuvlarga erishdik.

Men Xitoy-Oʻzbekiston munosabatlarini rivojlantirishga katta eʼtibor qaratmoqdaman, Siz bilan ishchan munosabatlarimiz va shaxsiy doʻstligimizni yuksak qadrlayman. Xitoy va Oʻzbekiston oʻrtasidagi har tomonlama strategik sheriklikni ikki mamlakat va xalq farovonligi yoʻlida doimiy ravishda rivojlantirish uchun Siz bilan birgalikda ishlashga tayyorman.

Doʻst Oʻzbekistonga ravnaq va kuch-qudrat, uning xalqiga baxt-saodat va farovonlik tilayman.

Si Szinpin,

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi

 

* * *

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Hurmatli Prezident janoblari!

Amerika xalqi nomidan Sizni va Oʻzbekiston xalqining mamlakatingiz mustaqilligining 30 yilligi bilan tabriklayman. Amerika Qoʻshma Shtatlari Oʻzbekistonning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligining qatʼiy tarafdori boʻlib kelgan va shunday boʻlib qoladi.

Keyingi yillarda munosabatlarimiz ancha kengaydi, biz strategik sherikligimiz hamda tinch, oʻzaro bogʻlangan va barqaror mintaqani asrash yoʻlidagi hamkorligimiz chuqurlashishiga umid qilamiz.

Shu bilan birga, butun dunyodga COVID-19 ga qarshi kurash davom etmoqda, yaqinda Amerika Qoʻshma Shtatlari tomonidan COVAX dasturi doirasida “Moderna” vaksinasining 3 million dozasi yetkazib berilgani Oʻzbekistondagi vaziyatning yaxshilanishiga salmoqli ijobiy taʼsir koʻrsatishiga umid bildiraman.

Qoʻshma Shtatlar Sizning ushbu tashabbuslar doirasidagi sherikligingizni qadrlaydi. Munosabatlarimiz kelajakda yanada rivojlanishiga umid qilamiz.

Samimiyat ila,

 

Jozef Bayden,

Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti


* * *

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Hurmatli Shavkat Miromonovich!

Oʻzbekiston Respublikasi uchun eng muhim tarixiy voqea – Mustaqillikning 30 yilligi munosabati bilan samimiy qutlovlarim va eng ezgu tilaklarimni qabul qiling.

Keyingi yillarda mamlakatingiz siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotda yuksak choʻqqilarni egalladi va xalq farovonligini oshirishda salmoqli muvaffaqiyatlarga erishdi. Mamlakatingizda kuchli va samarali davlat barpo etish, milliy davlatchilikni mustahkamlash va xalqaro maydondagi nufuzini yuksaltirishga qaratilgan modernizatsiya jarayoni jadal davom etmoqda.

Sizning tashabbusingiz bilan yurtingizda roʻy berayotgan koʻplab ijobiy oʻzgarishlar tahsinga sazovor. Ular nafaqat Oʻzbekiston uchun, balki Markaziy Osiyo va butun dunyo uchun iftixor manbai boʻlib xizmat qilmoqda.

Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik rishtalari ikki tomonlama hamkorlgimizga chinakam yorqin misoldir. Ushbu munosabatlar misli koʻrilmagan darajaga koʻtarilishi va har tomonlama strategik sheriklik ruhida rivojlanishda davom etishiga ishonaman.

Oʻrtamizdagi doʻstlik davom etishiga hamda yaqin orada Siz bilan uchrashishimga umid bildiraman.

Ushbu fayzli damlarda Sizga, hurmatli Shavkat Miromonovich, mustahkam sogʻlik, masʼuliyatli faoliyatingizga omad, birodar Oʻzbekiston xalqiga esa – farovonlik va ravnaq tilayman.

Hurmat bilan,

Nursulton Nazarboyev,

Qozogʻiston Respublikasining
Birinchi Prezidenti – Elboshi


* * *

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Muhtaram Shavkat Miromonovich!

Qadrli qardoshim!

Turkmaniston xalqi va Hukumati nomidan hamda shaxsan oʻz nomimdan Sizga va Siz orqali butun Oʻzbekiston Respublikasining qardosh xalqiga mamlakatingiz mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan samimiy tabriklarim va eng ezgu tilaklarimni yoʻllash men uchun katta sharaf.

Bugun Sizning oqilona rahbarligingizda Oʻzbekiston Respublikasi hayotning barcha jabhlarida dadil taraqqiyot etmoqda va ravnaq topmoqda. Mamlakatingiz uchun qutlugʻ ayyomni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda, xalq farovonligini oshirishda, xalqaro maydondagi nufuzni mustahkamlashdagi chinakam ulkan muvaffaqiyatlar bilan qarshi olmoqda.

Bugungi kunda yaxshi qoʻshnichilik, doʻstlik va oʻzaro koʻmak tamoyillariga asoslangan Turkmaniston-Oʻzbekiston munosabatlari yanada jadal va izchil, oʻzaro ishonch, teng huquqlilik va ochiqlik ruhida rivojlanayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etmoqchiman.

Yaqinda “Avaza” milliy turizm zonasida oʻtgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvdi doirasida oʻtgan muloqotimizni alohida iliqlik bilan eslayman. Oʻsha uchrashuvda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni muttasil kengaytirish va mustahkamlashga intilishimiz qatʼiy ekani yana bir bor tasdiqlandi. Turkmaniston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi strategik ahamiyatga ega birodarlik munosabatlari birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz bilan bundan buyon ham xalqlarimiz farovonligi yoʻlida rivojlanib, mustahkamlanishiga qatʼiy ishonaman.

Ushbu fursatdan foydalanib, Sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich, mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va farovonlik, birodar Oʻzbekiston Respublikasi xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, bardavom taraqqiyot va ravnaq tilayman.

Chuqur hurmat bilan,

Gurbanguli Berdimuhamedov,

Turkmaniston Prezidenti


* * *

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Hurmatli Shavkat Miromonovich!

Barcha qozogʻistonliklar nomidan va oʻz nomimdan Sizni va butun Oʻzbekiston xalqini muhim tarixiy sana – Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi bilan dildan qutlayman.

Ushbu qutlugʻ voqeani birodar Oʻzbekiston millati jips, iqtisodiy taraqqiyot surʼatlari yuqori, xalqaro maydonda munosib hurmat-eʼtiborga sazovor boʻlgan kuchli va taraqqiy etgan davlat sifatida kutib olmoqda.

Huch shubhasiz, oʻzbek xalqi, Sizning bunyodkor siyosatingizni qatʼiy qoʻllab-quvvatlab va keng koʻlamli islohotlarni muvaffaqiyatli roʻyobga chiqarib, barqaror taraqqiyot yoʻlini davom ettiradi.

Oʻtgan uch oʻnyillikda Qozogʻiston va Oʻzbekiston xalqlarimizning tub manfaatlaridan kelib chiqqan va koʻp asrlik doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik rishtalarini mustahkamlagan holda chinakam strategik sheriklik munosabatlarini yoʻlga qoʻygani mamnuniyat bagʻishlaydi.

Siz bilan birgalikdagi ishlarimiz bundan buyon ham Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi hamkorligikning ulkan salohiyatini ham ikki tomonlama darajada, ham mintaqaviy va xalqaro kooperatsiya doirasida toʻliq amalga oshirishga xizmat qiladi.

Ushbu tantanali kunda Sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich, masʼuliyatli davlat lavozimidagi faoliyatingizga yangi muvaffaqiyatlar, birodar Oʻzbekiston xalqiga esa farovonlik va ravnaq tilayman.

Hurmat bilan,

Qasim-Jomart Toqayev,

Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti


* * *

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Qadrli Shavkat Miromonovich!

Sizni va Oʻzbekiston Respublikasining butun xalqini tarixiy yubiley – mamlakatingiz mustaqilligining oʻttiz yilligi bilan samimiy muborakbod etaman.

Sizga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va yangi zafarlar, birodar oʻzbek xalqiga tinchlik, barqarorlik, farovonlik va bardavom taraqqiyot tilayman.

Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston oʻz davlatchiligini barpo etishda, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda va xalqaro maydondagi nufuzni mustahkamlashda salmoqli muvaffaqiyatlarga erishdi. Yurtingiz bugun ham shu yoʻldan dadil oldinga bormoqda, Sizning, hurmatli Shavkat Miromonovich, rahbarligingiz ostida xalq turmush sharoitlarini har tomonlama yaxshilash va farovonligini oshirishga qaratilgan muhim yangilanishlarni izchil amalga oshirmoqda. Yaxshi doʻst va qoʻshni sifatida Tojikistonni birodar Oʻzbekistonning ushbu yutuqlari xursand qiladi.

Ushbu qulay imkoniyatdan foydalanib, Tojikiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va oʻzaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini strategik sheriklik formatida izchil rivojlantirish va kengaytirishdan manfaatdor ekanimizni taʼkidlamoqchiman.

Konstruktiv muloqotimiz va yaqin saʼy-harakatlarimizni oʻzaro anglashuv, ishonch va hurmat ruhida davom ettirishimiz bundan buyon ham ikki davlat oʻrtasidagi hayotbaxsh munosabatlarni birodar xalqlarimizning tub manfaatlariga muvofiq holda yanada rivojlantirishga xizmat qilishiga ishonaman.

Samimiyat ila,

Emomali Rahmon,

Tojikiston Respublikasi Prezidenti


* * *

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Hurmatli Shavkat Miromonovich,

Sizni va birodar Oʻzbekiston xalqini Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi bilan samimiy qutlayman.

Mustaqillikka erishganidan buyon Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, kuchli va barqaror demokratik davlat barpo etish yoʻlidan faol qadamlar tashlamoqda. Oʻzbekiston xorijiy mamlakatlar bilan har tomonlama hamkorlikni mustahkamlashda katta muvaffaqiyatlarga erishdi hamda xalqaro va mintaqaviy muammolarga qoʻshgan hissasi uchun jahon maydonida munosib oʻrin egalladi.

Shubhasiz, bu yutuqlar Sizning, hurmatli Shavkat Miromonovich, islohotchi sifatidagi qatʼiy saʼy-harakatlaringiz natijasidir. Biz Qirgʻizistonda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan saʼy-harakatlaringizni va ularni mustahkamlashga qoʻshgan katta hissangizni yuksak qadrlaymiz.

Bugungi kunda ikki mamlakat harmkorligi sifat jihatidan yangi, strategik sheriklik darajasiga chiqdi. Munosabatlarimizni yanada kengaytirish va mustahkamlashga, bir-birimizni xalqaro maydonda qoʻllab-quvvatlashga, zamonaviy tahdid va xatarlarga birgalikda kurashishga tayyor ekanimizni alohida qayd etmoqchiman.

Anʼanaviy doʻstlik munosabatlariga asoslangan hamkorlgimiz bundan buyon ham kengayib borishiga qatʼiy ishonaman.

Ushbu yoqimli imkoniyatdan foydalanib, Sizga, hurmatli Shavkat Miromonovich, mustahkam sogʻlik, masʼuliyatli davlatchilik faoliyatingizga muvaffaqiyatlar, birodar Oʻzbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilayman.

Hurmat bilan,

Sadir Japarov,

Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti


* * *

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident Janobi Oliylari,

Aziz birodarim,

Oʻzbekiston Respublikasining Mustaqillik bayrami munosabati Siz, Janobi oliylarini va butun oʻzbek xalqini xalqim va shaxsan oʻz nomimdan eng samimiy tuygʻularim bilan tabriklayman.

Doʻst va qardosh Oʻzbekiston Respublikasi Siz, Janobiy Oliylarining boshchiligida amalga oshirilgan islohotlarning taʼsirida farovonlik va barqarorligini oshirib, mintaqaning barqarorligi va tinchligiga ham oʻz hissasini koʻshmoqda.

Turkiya va turk xalqi Oʻzbekistonning va oʻzbek birodarlarining bu saʼy-harakatlarida kecha boʻlganidek bugun ham, ertaga ham yelkadosh boʻlishda davom etadi.

Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi mustahkam qardoshlik rishtalariga asoslangan aloqalarimizga barpo etilgan strategik sheriklikni qisqa vaqt ichida Siz, Janobiy Oliylari bilan birga misli koʻrilmagan darajaga yuksaltirdik. Bu darajani saqlash uchun va yanada yuksaklarga koʻtarish uchun kuchli iroda mavjud ekanligini koʻrishdan juda mamnunman.

Shu fursatdan foydalanib, Siz, Janobi Oliylariga, sogʻlik va baxt, doʻst va qardosh oʻzbek xalqiga farovonlik va omonlik tilayman.

Rejep Tayyip Erdogʻan,

Turkiya Respublikasi Prezidenti


* * *

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Hurmatli Prezident janoblari!

Oʻz nomimdan va Ozarbayjon xalqi nomidan Sizni va Siz orqali butun xalqingizni birodar Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan dildan muborakbod etaman.

Sizning oqilona siyosatingiz natijasida ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarda erishilgan salmoqli yutuqlar birodar davlat sifatida bizni juda mamnun etmoqda.

Oʻzaro ishonch va koʻmakka asoslangan bugungi Ozarbayjon-Oʻzbekiston munosabatlari bizga katta mamnuniyat bagʻishlaydi. Ularda siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarning har tomonlama rivojlanishi kuzatilmoqda.

Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlar ham ikki tomonlama, ham koʻp tomonlama shaklda bundan buyon ham mustahkamlanib borishiga, biz amalga oshirayotgan birgalikdagi saʼy-harakatlar xalqlarimiz farovonligiga xizmat qilishiga ishonaman.

Ushbu muhim kunda Sizni yana bir bor qutlayman, birodar Oʻzbekistonga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilayman.

Hurmat bilan,

Ilhom Aliyev,

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti


* * *

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Janobi Oliylari,

Sizga va doʻst Oʻzbekiston xalqiga Oʻzbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan samimiy tabriklarimni yetkazishdan mamnunman.

Hindiston va Oʻzbekistonni chuqur tarixiy va sivilizatsion aloqalar bogʻlab turadi. Oʻtgan yillar mobaynida ikki tomonlama munosabatlarimiz bir necha sohalarni qamrab oldi, axborot texnologiyalari, kosmos, atom energetikasi, rivojlanish uchun sheriklik, sogʻliqni saqlash, taʼlim, fan va texnika hamda madaniyat shular jumlasidan. Bizning strategik sherikligimiz koʻp qirrali aloqalarimizni yanada diversifikatsiya qilish va kengaytirishga qaratilgan.

Bizning Birlashgan Millatlar Tashkiloti, “Hindiston- Markaziy Osiyo” muloqoti va Shanxay Hamkorlik Tashkilotidagi hamkorligimiz koʻp tomonlama anjumanlarda pozitsiyalarimiz oʻxshashligini namoyon etmoqda. Ishonchim komilki, Hindiston va Oʻzbekiston birgalikda mintaqamiz oldida turgan umumiy muammolarni hal qilishda oʻz hissasini qoʻshadi.

Fursatdan foydalanib, Siz, Janobi Oliylariga sihat- salomatlik, baxt-saodat va barcha ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilab qolaman.

Janobi Oliylari, Sizga boʻlgan yuksak hurmatini qabul qilgaysiz.

Narendra Modi,

Hindiston Respublikasi Bosh vaziri


* * *

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Janobi Oliylari,

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Pokiston xalqi va shaxsan oʻz nomimdan Sizga qizgʻin tabriklarimni yoʻllash menga katta mamnuniyat baxsh etadi.

Pokiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi doʻstlik rishtalari koʻp asrlik diniy, madaniy va tarixiy umumiylikka asoslangan. Pokiston Oʻzbekiston bilan barcha sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni kuchaytirishga katta ahamiyat beradi.

Yaqinda goʻzal mamlakatingizga amalga oshirgan tashrifim davomida biz ikki tomonlama masalalar yuzasidan batafsil fikr almashdik. Sizni ishontirib aytamanki, mening hukumatim ikki mamlakatlarimiz oʻrtasidagi birodarona doʻstlik aloqalari va hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdordir.

Oʻzbekistonda COVID-19 tarqalishiga qarshi muvaffaqiyatli saʼy-harakatlaringiz munosabati bilan tabriklarimni qabul qilgaysiz.

Fursatdan foydalanib, Siz Janobi Oliylariga mustahkam sogʻliq va ulkan yutuqlar, Oʻzbekistonning birodar xalqiga esa bardavom tinchlik, ravnaq va farovonlik tilayman.

Janobi Oliylari, yuksak ehtiromimni qabul qilgaysiz.

Imron Xon,

Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri


* * *

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Janobiy Oliylari!

Sizni va butun oʻzbek xalqining Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etishga ijozat bergaysiz.

Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi alohida strategik sheriklik yanada rivojlanishiga umid qilaman hamda xalqlarimiz doʻstligi va oʻzaro almashinuvlari yanada mustahkamlanishini istayman.

Sizga, Prezident janoblari, va rafiqangizga mustahkam sogʻlik va baxt-saodat, Oʻzbekiston Respublikasiga esa cheksiz ravnaq tilayman.

Mun Chje In,

Koreya Respublikasi Prezidenti


* * *

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Sizni Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan chin qalbimdan qutlayman.

2019-yil dekabar oyida Sizning Yaponiyaga birinchi rasmiy tashrifingiz boʻlib oʻtdi. Joriy yil may oyida oʻtgan telefon orqali muloqotimiz tashrifning mantiqiy davomi boʻldi. Suhbatimiz davomida Yaponiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi uzoq tarixga ega doʻstlikning ahamiyatini, strategik sheriklikni yanada mustahkamlash va kengaytirishga tayyor ekanimizni tasdiqlaganimizdan juda xursandman.

Yaponiya hukumati Oʻzbekistonning rivojlanishiga izchil koʻmaklashish va Sizning rahbarligingizda olib borilayotgan islohotlarni qoʻllab-quvvatlash niyatida.

Sizning Yaponiyaga tashrifingiz doirasida erishilgan kelishuvlar asosida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlik barcha sohalarda rivojlanishiga ishonaman.

Tokiodagi Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishda koʻrsatgan katta yordamingiz uchun Sizga samimiy minnatdorlik bildiraman. Ushbu tadbirlarda oʻzbekistonlik sportchilar erishgan muvaffaqiyatlar bilan Sizni qutlayman.

Fursatdan foydalanib, Sizga mustahkam sogʻlik, faoliyatingizga katta muvaffaqiyatlar, Oʻzbekistonga bardavom ravnaq tilayman.

Hurmat bilan,

Yosixide Suga,

Yaponiya Bosh vaziri


* * *

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Prezident janoblari!

Ushbu alohida ahamiyatga ega kun – Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Sizga va xalqingizga samimiy tabriklarimni yoʻllamoqdaman.

Koronavirus pandemiyasi oqibatlari Siz tomondan Oʻzbekistonda boshlangan islohotlar siyosati uchun katta xatar tugʻdirdi. Shu bilan birga mamlakatingiz ushbu inqirozli davrda iqtisodiy barqarorlikni saqlab qolgani amalga oshirilgan islohotlar sezilarli samara berayotganini koʻrsatib turibdi. Bu Oʻzbekiston uchun islohotlarni yanada faol ilgari surish uchun ragʻbat boʻlishiga umid qilaman. Bu jarayonda Germaniya Oʻzbekistonni bajonidil qoʻllab-quvvatlamoqda. Mamlakatlarimiz oʻrtasida ikki tomonlama diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligi munosabati bilan kelgusi yilga rejalashtirilgan tantana va tadbirlarni alohida mamnuniyat bilan kutmoqdaman.

Sizga har tomonlama ravnaq, Oʻzbekiston xalqiga esa tinch taraqqiyot, erkin, xavfsiz va farovon kelajak tilayman.

Frank-Valter Shtaynmayer,

Germaniya Federativ Respublikasi
Federal Prezidenti


* * *

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident janoblari!

Oʻzbekiston Respublikasining milliy bayrami va mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan oʻz nomimdan va Fransiya xalqi nomidan Sizga tabriklarimni yoʻllashdan mamnunman hamda Oʻzbekiston xalqiga ravnaq tilayman.

Mamlakatlarimiz yuzaga kelgan sanitariya-epidemiologik vaziyatga qaramasdan ikki tomonlama hamkorlikni aʼlo darajada saqlab qola olganidan mamnunman. Joriy yil may oyida tashqi savdo va iqtisodiy jozibadorlik vaziri Frank Riyesterning Oʻzbekistonga tashrifi koʻplab kelishuvlarni imzolash hamda aviatsiya, energetika, turizm infratuzilmasi, shaharlarni barqaror rivojlantirish va suv xoʻjaligi sohalarida iqtisodiy hamkorlik boʻyicha yangi loyihalarni boshlash imkonini berdi. Oʻzbekiston bu yilda iqtisodiy oʻsish kuzatilgan sanoqli mamlakatlardan biri boʻlgani alohida diqqatga sazovor. Korxonalarimiz mamlakatingizdagi faoliyatini davom ettirishlari va u yerda loyihalarni ishlab chiqishlariga umid qilaman.

Biz koʻplab yoʻnalishlarda – madaniyat, iqtisodiyot va tibbiyot sohalarida hamkorlik loyihalarini boshladik, ushbu ijobiy surʼat yaqin oy va yillarda ham davom etirishga umid bildiraman. Ayniqsa, xalqingizning noyob merosini qadrlash maqsadida Sanʼat va madaniyatni rivojlantirish jamgʻarmasi bilan sheriklikda merosni asrab-avaylash borasidagi hamkorligimizdan mamnunman. Bugungi kunda Fransiya ilmiy guruhlari ishtirokida qayta tiklash boʻyicha ham bir nechta loyiha amalga oshirilmoqda. Nihoyat, yaqin oylarda Fransiyada Oʻzbekiston ishtirokida bir nechta muhim koʻrgazmalar boʻlib oʻtishi yana bir bor madaniy aloqalarimiz naqadar boy va mustahkam ekanini koʻrsatmoqda.

Prezident janoblari, Sizga boʻlgan yuksak hurmat-ehtiromimni qabul qilgaysiz.

Emmanuel Makron,

Fransiya Respublikasi Prezidenti


* * *

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Hurmatli Prezident janoblari!

Yevropa Ittifoqi nomidan Sizni mamlakatingiz mustaqilligining oʻttiz yillik bayrami bilan muborakbod etishga ijozat bergaysiz.

Oʻzbekiston yosh davlat boʻlsada, har qancha faxrlanishga arzigulik qadimiy merosga asolangan. Mustaqillik yillarida mamlakatingiz koʻp yutuqlarga erishdi, mintaqada va jahonda oʻz mavqeini mustahkamladi.

Sizning rahbarligingiz ostida Oʻzbekiston qoʻshnilar bilan koʻpriklarni tikladi va mintaqangizda barqarorlik va tinch hamkorlikni ilgari surishda yetakchilikni oʻz zimmasiga oldi. Global va mintaqaviy tahdidlarni yengib oʻtish yoʻlida sheriklik qilish oʻzaro hamkorligimizning ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi hamda Afgʻonistondagi soʻnggi voqealar nuqtayi nazaridan gʻoyatda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Yevropa Ittifoqi uch oʻnyillik davomida mamlakatingiz bilan Sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim asosida samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Munosabatlarimiz mustahkamlanishda davom etib, shu yilning bahorida biz yurtingizning atrof-muhitni boshqarish va inson huquqlari kabi sohalardagi xalqaro konvensiyalarga qoʻshilish borasidagi muvaffaqiyatlarining eʼtirofi sifatida Oʻzbekistonning savdo preferensiyalarini olish boʻyicha GSP+ tizimidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlganini olqishladik.

Munosabatlarimizni yangi, faol hamkorlik bosqichiga koʻtarish niyatidamiz, zero, Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik bitimi boʻyicha muzokaralarimiz yakuniga yetmoqda. Ushbu bitimning qabul qilinishi Oʻzbekiston mustaqilligi va ikki tomonlama munosabatlarimizning 30 yilligini nishonlash uchun munosib natija, Siz amalga oshirayotgan modernizatsiya va islohotlar dasturi erishayotgan yutuqlarning ifodasi boʻladi.

Shuni hisobga olib, men Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha yangi tayinlangan Maxsus vakili, elchi Terxi Xakaladan uning Oʻzbekistonga tashrifi doirasida muhim sohalardagi mintaqaviy va ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish imkoniyatlarini hukumatingiz bilan muhokama qilishni soʻradim.

Hurmatli Prezident janoblari, mamlakat yetakchisi sifatida Sizga ushbu tabrik maktubini yoʻllar ekanman, yaqin kelajakda Bryusselga rejalashtirilayotgan tashrifingiz doirasida Siz bilan uchrashamiz, deb umid bildiraman.

Muhtaram Prezident janoblari, Sizga boʻlgan yuksak hurmat-eʼtiborimni qabul qilgaysiz.

Chuqur hurmat bilan,

Sharl Mishel,

Yevropa Kengashi Prezidenti


* * *

Shuningdek, quyidagilar oʻz tabriklarini yoʻllagan:

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko

Saudiya Arabistoni Podshohi, Ikki muqaddas masjid xodimi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon

Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi

Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy

Oʻmon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said

Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos

Yaponiya Imperatori Naruxito

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qirolichasi Yelizaveta II

Ispaniya Qiroli Felipe VI

Niderlandiya Qiroli Villem-Aleksandr

Avstriya Respublikasi Federal Prezidenti Aleksandr Van der Bellen

Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radev

Vengriya Prezidenti Yanosh Ader

Latviya Respublikasi Prezidenti Egilts Levits

Polsha Respublikasi Prezidenti Anjey Duda

Portugaliya Respublikasi Prezidenti Marselu Rebelu de Souza

Ruminiya Prezidenti Klaus Yoxannis

Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich

Finlyandiya Respublikasi Prezidenti Sauli Niinestyo

Chexiya Respublikasi Prezidenti Milosh Zeman

Shveysariya Konfederatsiyasi Prezidenti Gi Parmelin

Estoniya Respublikasi Prezidenti Kersti Kalyulayd

Avstraliya Ittifoqi General-gubernatori Devid Xyorli

Rim-katolik cherkovi rahbari Fransisk

Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yaqub

Shri-Lanka Demokratik Sotsialistik Respublikasi Prezidenti Gotabaya Rajapaksa

Tailand Qirolligi Bosh vaziri Prayut Chan-Ocha

Saudiya Arabistoni Podshohligi valiahdi, Vazirlar Kengashi raisi oʻrinbosari, mudofaa vaziri Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saud

Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum

Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qoʻmondoni oʻrinbosari, Abu-Dabi Amirligi valiahdi shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon

Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri oʻrinbosari, Prezident ishlari boʻyicha vaziri shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon

Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri oʻrinbosari, ichki ishlar vaziri Sayf bin Zoid Ol Nahayon

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Ijroiya qoʻmitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Xusrav Noziriy

Jahon sayyohlik tashkiloti bosh kotibi Zurab Pololikashvili.

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?