Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi Koreya Respublikasi adliya vaziri bilan uchrashdi

Ayni vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.Toshqulov hamda bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.Husanov boshchiligidagi delegatsiya ishchi tashrif bilan Koreya Respublikasida boʻlib turibdi.
Tashrif doirasida joriy yilning 28-noyabr kuni Oʻzbekiston delegatsiyasi Koreya Respublikasi adliya vaziri janob Dong Xun bilan ikki tomonlama muzokaralarni oʻtkazdi.
Muzokaralar davomida ikki davlat adliya vazirliklarining koʻp yillik hamkorligiga alohida urgʻu berilib, tomonlar mavjud idoralararo munosabatlarni yanada chuqurlashtirish hamda mustahkamlash maqsadida ikki davlat adliya vazirliklari oʻrtasida hamkorlik dasturini qabul qilish orqali birgalikda oʻzaro tajriba almashishga qaratilgan qator tadbirlarni oʻtkazishga kelishib olishdi.
Xususan, ushbu hamkorlik dasturi doirasida Koreya Respublikasi Adliya vazirligining normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish, davlat organlari faoliyatidagi huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish, huquqiy axborotni tarqatish va aholiga ularning mazmun-mohiyatini yetkazish, davlat xizmatchilarining huquqiy savodxonligini oshirish borasidagi faoliyati boʻyicha tajriba almashish va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Shu bilan birga, uchrashuv chogʻida tomonlar ikki davlat oʻrtasida tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish hamda migratsiya sohasidagi munosabatlarni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi.
Oʻzbekiston delegatsiyasi tashrifi davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
- Saudiya Arabistonida birinchi Islom sanʼati biyennalesining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring