Oʻzbekiston quritilgan olxoʻri eksport qiladigan davlatlar soni bittaga koʻpaydi

08:49 08 Aprel 2021 Iqtisodiyot
269 0

Bu haqda AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi axborot xizmati rahbari Durdona Ochilova maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda tadbirkorlar 52ta davlatga barcha turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini fitosanitariya sertifikati asosida eksportga yuklashlari mumkin.

Shuningdek, 26 ta davlatga 99 turdagi mahsulotlar eksporti uchun karantin ruxsatnomalari mavjud.

Endilikda quritilgan olxoʻri mahsulotini fitosanitariya talablari asosida Xitoyga eksportga yuklash mumkin. Buning uchun tadbirkorlarimiz rioya etishlari lozim boʻlgan talablar belgilandi.

2021-yil I chorak yakuni boʻyicha 300 396.0 kg hamda 184 375 dona import qilingan, shu bilan bir qatorda 74 774.4 kg hamda 1 942 dona eksportga chiqarilayotgan zararlangan oʻsimlik mahsulotlari Oʻsimliklar karantini chegara maskanlari inspektorlar tomonidan toʻxtatib qolindi va oʻrnatilgan tartibda yoʻq qilindi.

Bugungi kunda import qilinayotgan mahsulotlarni qadoqlashga boʻlgan talab ortgani bois qadoqlash sexiga nisbatan qoʻyiladigan talablar haqida maʼlumot berish maqsadga muvofiq.

Korxona quyosh va yomgʻirdan yetarli darajada himoyalangan boʻlishi lozim.

Korxona binolari yaxshi yoritilgan boʻlishi zarur.

Korxona binolarining eshik va oynalari germetik ravishda yopilishi kerak.

Qadoqlash korxonalarini qurish mumkin boʻlmagan holatlar mavjud:

Bino kimyoviy chiqindilar, radioaktiv inshootlar, etilen yoki gazli birikmalar kabi moddalar chiqaradigan sanoat joylariga yaqin boʻlsa;

Zararkunandalar, hasharotlar va kemiruvchilar koʻpaygan joylarda qurilmasligi maqsadga muvofiq.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?