Oʻzbekiston — Qozogʻiston: yuk tashish hajmini oshirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi

18:08 18 Mart 2023 Jamiyat
537 0

2023-yil 15-16-mart kunlari Qozogʻiston Respublikasi Chimkent shahrida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va “Qazaqstan temіr jolы” AJ oʻrtasida “Sariagash” davlatlararo tutashuv punktining yuk oʻtkazish salohiyatini oshirish uchun “Oq koʻprik” (Oʻzbekiston) va “Sariagash” (Qozogʻiston) stansiyalarida texnologik jarayonlarni takomillashtirish boʻyicha muzokaralar boʻlib oʻtdi.

Tomonlar 2022-yilda davlatlararo tutashuv punkti orqali yuk tashish hajmi yiliga 32 million tonna, yoki kuniga oʻrtacha 22 juft yuk poyezdini tashkil etgani qayd etildi.

Uchrashuv davomida prognozlashtirilayotgan hajmlarga erishish va ularni yanada oshirish maqsadida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan “Oq koʻprik” (Oʻzbekiston) stansiyasida rekonstruksiya jarayonida, mavjud boʻlgan qabul qilish va joʻnatish yoʻllarni uzaytirilish va qoʻshimcha yoʻllar qurilishi, joriy yilning avgust oyiga qadar yakunlanishi haqida axborot berildi.

Ushbu loyihani amalga oshirish natijasida “Oq koʻprik” chegara punkti orqali oʻtkazish imkoniyati kuniga 30 juft poyezdidan 45 juft poyezdga oshiriladi va shunga mos ravishda yiliga yuk tashish hajmi 60 million tonnagacha oshishiga erishiladi. Shularni inobatga olgan holda, Oʻzbekiston tomoni “Qazaqstan temіr jolы” AJga “Sariagash” stansiyasining oʻtkazish imkoniyatini oshirish uchun zarur choralarini koʻrish lozimligi toʻgʻrisida murojaat qildi.

Shuningdek, mazkur ushrashuvda tomonlar poyezdlarni davlatlararo tutashuv punktlari orqali oʻtkazish jarayonini tezlashtirish maqsadida ikkala tomon ham yuklar toʻgʻrisida oʻzaro dastlabki maʼlumotlarni toʻliq taqdim etish (predinfo), hamda texnik va tijoriy koʻriklarini oʻtkazish vaqtini qisqartirish masalalari ham koʻrib chiqildi.

Muzokaralar yakunida ikki tomonlama uchrashuv Bayonnomasi imzolandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер