Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston yetakchilari samimiy muloqot qildi

22:54 20 Iyul 2022 Siyosat
877 0

Foto: president.uz

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining sammiti oldidan Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev va Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarovning norasmiy uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Davlat rahbarlari birgalikda «Nomad» madaniyat markaziga bordilar. Hunarmandchilik buyumlari koʻrgazmasi koʻzdan kechirildi. Soʻng koʻchmanchilar oʻyinlari namoyish etildi.

Markaziy Osiyo xalqlari kuy-qoʻshiqlaridan tuzilgan konsert dasturida ellarimiz birligi, madaniy yaqinligi namoyon boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?