Oʻzbekiston — Qozogʻiston: parlamentlararo aloqalar yanada mustahkamlanadi

11:10 23 Noyabr 2021 Jamiyat
237 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari Odiljon Tojiyev boshchiligidagi parlament delegatsiyasi Qozogʻiston Respublikasining Nur-Sulton shahrida boʻlib, “Elboshi. Mustaqillik. Parlament” mavzuida oʻtkazilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.

Qozogʻiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi, parlamentining 25 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan ushbu anjumanda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari O. Tojiyev soʻzga chiqib, mamlakat xalqini hamda konferensiya ishtirokchilarini Elboshi kuni hamda Qozogʻiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi bilan samimiy tabrikladi.

Spiker oʻrinbosari soʻnggi yillarda Oʻzbekiston — Qozogʻiston parlamentlararo aloqalari sezilarli darajada faollashib, bu boradagi hamkorlik tobora yuksalib borayotganligini taʼkidladi.

Oʻz navbatida, har ikki davlat rahbarlari oʻrtasidagi iliq va doʻstona munosabatlar parlamentlararo hamkorlikni yanada mustahkamlashga alohida zamin yaratayotganini qayd etdi.

Xalqaro konferensiya doirasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari O. Tojiyev Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti Majlisi raisi N. Nigmatulin bilan uchrashdi.

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?