Oʻzbekiston qovun va tarvuz eksportidan qancha daromad qilgan?

11:07 05 Avgust 2022 Iqtisodiyot
596 0

Foto: Arxiv surat

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston xorijga qiymati 16,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 67,8 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.

Bu yil mamlakatimizda yetishtirilgan qovun va tarvuzlar 12 ta xorijiy davlatlar bozorlariga yetkazib berilgan boʻlib, eksport hajmi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 45 ming tonnaga oshgan.

2022-yilning 6 oyida Oʻzbekiston eng koʻp qovun va tarvuz eksport qilgan davlatlar:

Qozogʻiston – 39,2 ming tonna;

Rossiya – 15,1 ming tonna;

Qirgʻiz R. – 11,1 ming tonna;

Belarus – 1,1 ming tonna;

Tojikiston – 624 tonna;

Latviya – 448 tonna;

Mongoliya – 157 tonna;

Ukraina – 43 tonna;

Polsha – 19,4 tonna.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?