Oʻzbekiston qovun va tarvuz eksportidan qancha daromad qildi?

02:42 29 Avgust 2021 Iqtisodiyot
536 0

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 7 oyida Oʻzbekiston xorijga qiymati 14,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 53,6 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.

Bu yil mamlakatimizda yetishtirilgan qovun va tarvuzlar 19 ta xorijiy davlatlar bozorlariga yetkazib berilgan boʻlib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 42,1 ming tonnaga yaʼni qariyb 4,6 baravarga oshgan.

Oʻtgan 7 oy mobaynida Oʻzbekiston eng koʻp qovun va tarvuz eksport qilgan davlatlar:

Qozogʻiston – 24,8 ming tonna;

Rossiya – 16,4 ming tonna;

Qirgʻiz R. – 5,9 ming tonna;

Ukraina – 2,8 ming tonna;

Belarus – 1,2 ming tonna;

Latviya – 1,4 ming tonna;

Germaniya – 509,8 tonna;

Moldova – 239,0 tonna.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?